14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:10
Fan va taʼlim 👁 307

RANGLARDA JILOLANGAN ONA YuRT BAHORI

RANGLARDA JILOLANGAN ONA YuRT BAHORI

Prezidentimizning yoshlar kelajagini koʻzlab, ilgari surgan 5 ta tashabbusida belgilangan yoʻnalishlardan biri oʻsib kelayotgan yosh avlodni sanʼat va madaniyat maskanlariga jalb etish, ularning oʻz iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Chunki sanʼatga, madaniyatga oshno koʻngillarda hamisha ezgu ishlarga ragʻbat uygʻonadi, qalblarida maʼnaviy yetuk tafakkur tuygʻulari shakllanib, vatanparvarlik hamda xalqparvarlik hissi bilan yashashga odatlanadi.

Bu borada bolalar musiqa va sanʼat maktablarining oʻrni katta ahamiyatga ega. Chunki bu maktablardagi iqtidorli bolalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtkazishga moʻljallangan toʻgaraklar, ularda asosiy darslardan tashqari olib boriladigan mashgʻulotlar oʻquvchilar uchun nafaqat qiziqarli, balki oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha mustaqil shugʻullanishlari, olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlashlari uchun imkoniyat yaratadi.

Qipchoq shaharchasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar ham oʻz ustozlari rahbarligida nafaqat dars-rejalari, balki toʻgarak uchun belgilangan mashgʻulotlarni ham puxta oʻzlashtirishib, oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha tuman va respublika miqyosidagi turli koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, erishilayotgan barcha yutuqlarning asosiy zamini, avvalo, maktabda boʻlib oʻtadigan hisobot koʻrgazmalari va bellashuvlardadir.

 Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Yurtimda bahor” mavzusidagi  koʻrgazmali koʻrik-tanlovda ham maktabning eng iqtidorli oʻquvchilari oʻz qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilarning yarim yillik hisobot dars-koʻrgazmasi shaklida oʻtkazilgan mazkur koʻrik-tanlovda 1-5-sinf oʻquvchilarining ijodiy ishlari namoyish etildi. Shuningdek, mazkur yoʻnalish oʻquvchilari ishtirokida belgilangan vaqt mobaynida “Yurtimda bahor” mavzusida tabiat manzaralarini chizish vazifasi topshirildi.
Tasviriy sanʼat yoʻnalishi oʻquvchilaridan iborat 82 nafar yosh rassomlar ishtirok etgan koʻrik-tanlovda ona Vatan manzaralari, tobora gullab-yashnayotgan tumanimiz qishloqlari, soʻlim bogʻ-rogʻlari, yam-yashil, bepoyon dalalar tasviri rang-barang boʻyoqlarda tasvirlab berildi.

Hakamlar hayʼati tomonidan eng sara asarlar tanlab olinib, gʻoliblar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar, tasviriy sanʼat darsi uchun zarur  boʻyoqlar, oʻquv qurollari bilan mukofotlandilar.

Tadbir davomida maktabning musiqa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchilari tomonidan kuy va qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi hamda drama  toʻgaragi aʼzolari tayyorlagan sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.

Tadbirning taassurotlarga boy va qiziqarli oʻtishida 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi  direktori Ahmad Jumaboyevning xizmati katta boʻldi. Mazkur koʻrik-tanlovda oʻquvchilarning yarim yillik bilimlari yuzasidan hisobot-koʻrgazmasini tashkil etish hamda koʻrik-tanlov gʻoliblarini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda maktab rahbari sifatida faollik koʻrsatgani uchun oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan Ahmad Jumaboyevga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlov oʻquvchilarning oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019