POHATOY PAIMOVA “MÖʼTABAP AYoL” KÖKPAK NIŞONI BILAN TAQDIPLANDI
Mamlakatimizda ötgan yili jamiyat hamda davlat hayotida faollik va taşabbuskorlik körsatgan, özining samarali mehnati bilan oilaning şakllanişi va farovonligi mustahkamlanişi, şuningdek, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qöşgan xotin-qizlarni rağbatlantiriş uçun ilk bor “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni taʼsis etildi. Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida uşbu kökrak nişonini egalariga topşiriş anʼanaga aylandi.
Joriy yilda tumanimizdagi Dörman ovulida istiqomat qiluvçi, taʼlim sohasi fidoyilaridan biri bölgan Pohatoy Paimova mazkur kökrak nişoniga munosib deb topildi. Taʼlim sohasining rivojiga hissa qöşgani, yoş avlodga yuqori darajada taʼlim-tarbiya berib, har bir işda atrofdagilarga namuna bölib kelayotgani uçun P.Paimova “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Elda eʼzoz topgan bu onaxon 1947-yilda Xorazm viloyati Urganç şahrida tavallud topdi. Hozirgi kunda tumanimizdagi Dörman ovulida yaşaydi. U oliy maʼlumotli, 1969-yilda Xorazm Davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. Oilada tört nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdi.
Pohatoy Paimova köp yillar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritib, yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişga özining munosib hissasini qöşdi. U 1970-yildan tumandagi 20-sonli maktabda öqituvçi bölib iş faoliyatini boşladi. Pus tili va adabiyoti fanidan yoş avlodga taʼlim-tarbiya berdi. Jamoat işlarida faol qatnaşib, jamoatçilik asosida maktabning kasaba uyuşmasi va xotin-qizlar boşlanğiç taşkilotiga rahbarlik qildi. 1985-1995-yillarda özi iş boşlagan 20-sonli maktabda direktor ham böldi.
Tinib-tinçimas onaxon mahallada “Yaraştiriş komissiya”si hamda “Buvijonlar maktabi”ning aʼzosi sifatida öz mehnat faoliyatida masʼuliyatliligi, işçanligi, jonkuyarligi bilan boşqalardan ajralib turadi. U mahallada fidoyi, aholi dardi bilan yaşab, ularga birinçi bölib yordam qölini çözadigan vatanparvar va oqibatli inson.
Muxtasar qilib aytganda, Pohatoy Paimova Vatan, xalq oldidagi xizmatlari uçun “Möʼtabar ayol” kökrak nişoniga har tomonlama loyiq bölgan ayoldir.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶