HAM RAHBAR, HAM TADBIRKOR
Nilufar ziyoli oilada tuğilib, voyaga yetdi. Alloh rahmat qilsin, otasi Ilhom Davletov hayotligida davlat va jamoat işlarida közga köringan obröli insonlardan edi.
Ana şunday obröli xonadonda voyaga yetgan Nilufarxon Davletova umumtaʼlim maktabida faqat aʼlo baholarga öqidi. Maktabni tugatgaç, 1987-1992-yillarda Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oldi. U özining ilk pedagogik faoliyatini 1992-2005-yillarda 31-sonli maktabda rus tili va adabiyoti fani öqituvçisi vazifasida işlaşdan boşladi. Keyinçalik 64-sonli umumtaʼlim maktabida va yana 31-sonli maktabda öquvçilarga rus tili va adabiyoti fanidan saboq berdi. Nilufarning dars ötiş uslubidagi öziga xoslik, feʼlidagi intiluvçanlik va qatʼiyat, innovatsion ğoyalarni öz fanida qöllaş iqtidori tufayli uni öquv işlari böyiça direktor örinbosari lavozimiga tayinlaşdi. Uning tirişqoqlik va qatʼiyat bilan iş yuritişiga alohida eʼtibor qaratgan tuman xalq taʼlimi bölimi rahbariyati uni 2010-yilda özi mehnat qilayotgan 31-sonli maktab direktori lavozimiga tayinlaşdi.
Tuman Kengaşi deputati sifatida taʼlim tizimiga joriy etilayotgan islohotlarning faol iştirokçisidan bu islohotlarning ijroçisiga aylangan N.Davletova mana 10-yildirki, maktab direktori vazifasini mahorat bilan ado etmoqda. U rahbar bölgan pedagogik jamoada hamişa öziga xos intizomga asoslangan mehnat jarayoni hokim. Bilimlar bellaşuvi, fanlar olimpiadalarida va boşqa körik-tanlovlarda maktab öquvçilari doimo yuqori örinlarni zabt etişadi.
2015-yilda N.Davletova umr yöldoşi, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Ozod Matqurbonov bilan bamaslahat tadbirkorlik sohasiga qöl urdi. Qandolat va sut mahsulotlarini tayyorlaş va qayta işlaşga ixtisoslaştirilgan “Jayxun lazzati” oilaviy korxonasini taşkil etiş böyiça öz biznes-loyihasini tayyorladi va şu yili “Tadbirkor ayolning eng yaxşi loyihasi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida “Qişloq joylarining eng yaxşi loyihasi” yönalişi böyiça ğolib böldi.
Korxona 2016-yilda konditer mahsulotlarini işlab çiqarişni boşladi. 2017-yilga kelib korxona öz qaddini ança tiklab oldi va sut mahsulotlarini qayta işlaş tsexi işga tuşirilib, 10 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlandi.
– Kuniga 1 tonna sutni qayta işlab, ekologik toza va sifatli mahsulotlar tayyorlab, içki bozorga sotuvga çiqarmoqdamiz, – deydi Nilufar.
Korxona mahsulotlari xaridorgir. Ayni kunda 10 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlariga smetana, tvorog va boşqa sut mahsulotlari yetkazib berayotgan “Jayxun lazzati” oilaviy korxonasi bir maromda faoliyat yuritişi uçun Nilufarga farzandlari eng yaqin kömakdoş. Katta öğli Temur Allamberganov korxonaning ijroçi direktori. Boburjon esa malakali texnolog sifatida barça işga boş-qoş. Katta qizi Nazokatxon 55-sonli maktabda öqituvçi, Malohatxon esa Toşkent axborot texnologiyalari Universiteti talabasi.
– Farzandlarimdan könglim töq, – deydi Nilufar mehr bilan. – Barçasi öqimişli, hunarli. Umr yöldoşim esa hamişa bizga yaqin maslakdoş. Şuning uçun işlarimga bemalol ulgurayapman.
Ham maktab rahbari, ham tadbirkor, N.Davletovaning faoliyat kölami ança keng. U xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati sifatida saylovçilari bilan uçraşişga, ularning hayotiga doir muammolarini örganib, deputatlik sörovi bilan tuman Kengaşiga murojaat etişga, taʼlim tizimiga innovatsion loyihalarni joriy etişga, tadbirkorlik faoliyatini zamon talablari darajasiga kötarişga vaqt topadi. Izlanişdan, intilişdan aslo çarçamaydi. Zotan, oldinga intilib yaşaş Nilufar uçun hayotdagi oltin qoidadir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶