26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 01:01
Jamiyat 👁 281

EL XIZMATIDAGI AYoL

EL XIZMATIDAGI AYoL

Umr tezkor, oʻtkinchi, biroq shu davrda ham istagan kishi undan keragini oladi, deyishadi mashoyixlar.

Ha, har bir oilada turli-turli hayot tarzi hukmronligi ham shundandir, balki?

Bugun sizga halol mehnatlardan boʻy tiklagan yana bir obod, fayzli xonadon bekasi haqida soʻz yuritishga chogʻlanarkanmiz, avvalo uni sizga ijodkor, deya taqdim etgim keldi. Boisi, uning  butun turmush tarzida ijodkorning  yaxshilikka intilishi, chor-atrofini obod va goʻzal qilishga, oʻzgalarga ham bu borada targʻibot olib borib, orqasidan ergashtirishga harakat qilishida bir ijodkor ayolning koʻngil kechinmalari aks etib turganday.

Zebo Rajabova 1960-yilning koʻklamida Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabni tugatib, tuman statistika boʻlimida ishladi. Uning maktabda oʻqib yurgan davrlarida yozgan sheʼrlari tumanimizning “Amudaryo haqiqati” gazetasi va respublika matbuotida tez-tez yoritilib turdi. Shu bois va kadrlar yetishmovchiligi sababli 1984-yilda uni “Amudaryo haqiqati” gazetasiga ijodiy xodim qilib ishga qabul qilishdi.

U ishimni eplay olayapman-ku, deb xotirjam boʻlmadi, oilali, farzandli boʻlsa-da oʻqib, ilm olishi zarurligini unutmadi. Shu tariqa qaynonasi Roziya ona va turmush oʻrtogʻi Shavkat Ishniyozovlarning qoʻllab-quvvatlovi bilan Qoraqalpoq davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi va muvaffaqiyatli bitirib chiqdi.

Shu tariqa 1987-yildan 31-sonli maktabda, keyinchalik 8-sonli litsey-internatda oʻqituvchilik qildi, yoshlarga ona tilimiz va adabiyotdan saboq berdi. 2014-yilda yoshga doir nafaqaga chiqdi va ikki  yil oilasida nevaralari qurshovchida dam oldi. Aslida koʻngilda yaratish, mehnat qilish ishtiyoqi soʻnmasa, pensiya yoshida ham odam oʻzini namoyon etaverar ekan. Bunday deyishimning boisi bor. Zebo Rajabovani ham nafaqaga chiqqanidan ikki yil oʻtib, 2016-yilda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻiniga rais qilib saylashdi. 2019-yildagi mahalla, ovul fuqarolar yigʻinlari raislari saylovida u ikkinchi bor shu lavozimga saylandi.

Zebo Rajabova har kuni ertalab ish faoliyatini mahalla koʻchalari boʻylab piyoda yurib, mahalladoshlari bilan hol-ahvol soʻrashishdan boshlaydi, hovlisi atrofini supurayotgan kelin-qizlarni uyning fayzi – orasta-ozodaligida, uyning ozodaligidan shu yerda yashaydiganlarning kimligini bilish mumkin, deya alqaydi, yosh oilalarga, keksa, nogironlari bor oilalarga kirib, hol-ahvol soʻrab turishni kanda qilmaydi. U mahalla fuqarolar yigʻini joylashgan binoga kirib kelar ekan, yoʻli boʻyida uchragan muammolar ham doimo diqqat markazida boʻladi.

Yaqinda uni koʻpdan beri oʻylantirib kelayotgan muammo hal boʻldi. Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji bilan tuman hokimligi binosi oraligʻida Mangʻit-Kuyuk koʻpir yoʻli boʻyining Yangiobod mahallasi hududiga qarashli shimoliy tarafi qarovsiz holda edi. Shu yerda koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi asosan bu yerga chorvasi uchun oʻt ekar, u ham qarovsiz qolib ketardi. Mahalla raisi surishtirib, bu hudud tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobida turishini  aniqlab, boshqarma boshligʻi bilan bamasalahat oʻsha yerni tekislab, archa koʻchatlari oʻtqazilishiga erishdi. Aholiga bu haqda tushuntirildi, ular bu niyatni toʻgʻri qabul qilishdi.

Mahalla raisi to xizmat xonasiga yetib kelgunicha necha odam necha xil murojaat bilan kelib turgan boʻladi. Ularning bari Zebo Rajabovaning koʻngliga yaqin, tashvishlari ham tanish odamlar. Axir qariyb 4-yildan beri mahallaning katta-yu kichigi bilan quvonch-tashvishlarni birga baham koʻrib, ular bilan qadrdon boʻlib qolgan. Rais iloji boricha ularning  murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirmaslikka, ijobiy hal qilishga, yordamga muhtoj, qiyin vaziyatlarga tushib qolgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga intiladi. Baʼzan bu ishlarga mahalla hududidagi tadbirkorlarni ham jalb qiladi.

– Hamma gap intilishda. Joni sogʻ odam harakat qilsa, xor boʻlmaydi, bizning yurtimizda, – deydi Zebo Rajabova.

Uning faoliyati, elda topgan obroʻ-eʼtibori haqida oʻylar ekanman, uni bugungiday darajaga yetkazgan ham uning harakatchanligi, intilishlari degan toʻxtamga kelaman.

Ha, Zebo Rajabova boshqalarga oʻxshab xizmat xonasida koʻp oʻtirmaydi, el oralaydi, muammolarni yoʻl-yoʻlakay ham tinglab, yechimiga yoʻl axtaraveradi, baholi qudrat hal etadi.

Ana shunday xizmatlari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25-yil” koʻkrak nishoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan. 2019-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari oqsoqollari, mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan oilaviy ajrashishlarning oldini olish borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida taʼsis etilgan insholar tanlovida tumanda birinchi, Qoraqalpogʻistonda uchinchi, sheʼrxonlik tanlovida tumanda birinchi, Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni egalladi. Mahallasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi olinishiga qoʻshgan hissasi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi muvofiqlashtiruvchi Kengash va tuman Ichki ishlar boʻlimining Faxriy yorliqlari, sovgʻalari bilan taqdirlandi.

– Mahalla fuqarolar yigʻini raisi sifatidagi toʻrt yillik faoliyatim avval jurnalist, oʻqituvchi boʻlib ishlagan davrlarimdan ham koʻp izlar qoldirdi, hayotiy xulosalarim kengaydi, – deya hisoblaydi u. Ayniqsa, ilk bir yillik mahalladagi faoliyatim uchun tuman hokimining televizor sovgʻa qilgani, Moʻynoqda amudaryolik guruh tarkibida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bilan yuzma-yuz koʻrishib, muloqot qilganim menga oʻzgacha kuch-quvvat berdi, – deya quvonadi, taassurotlarini aytib ado etolmaydi.

Zebo Rajabova oilaviy hayotda ham baxtiyor inson. Asli kino xizmati koʻrsatish xodimi boʻlgan Shavkat Ishniyozov bilan ahil yashab, bir qiz, bir oʻgʻilni voyaga yetkazishdi. Hozir qizi Barno 64-maktabda oʻqituvchi, oʻgʻli Farrux qurilish tashkilotida hisobchi. Kelin  ham oilaga munosib – kasb-korli. Ular hozir 5 nafar biri-biridan shirin nevaralarga bobo-buvi boʻlishgan. Uyda boʻsh vaqtlari hovlisi atroflarini obodonlashtirish, turli ekinlarni ekib parvarishlash bilan shugʻullanishadi. Hovlisi oldidagi tomorqasi chetlariga ekilgan uzumlar mevasi oilasiga bahorgacha yetar ekan. Hozir ilk koʻklam boʻlishiga qaramay, tomorqasida piyozlar koʻk solib turibdi. Ular allaqachon koʻklamgi ekish ishlarini boshlab yuborishgan. Turli mevali daraxtlar hosil berib turgan boʻlsa-da koʻplik qilmaydi deb farzandlar, nevaralar koʻmagida bir nechta serhosil mevali daraxtlar, gul koʻchatlari oʻtqazishdi, kartoshka ekishdi.

– Yozga yetmay tomorqamizda pomidor, kartoshka, sabzi, bulgʻor qalampiri, bodring yetiladi. To kech kuzgacha bunday mahsulotlarni sotib olmaymiz, hatto sotamiz ham, – deydi Shavkat Ishniyozov faxr bilan.

Garchi vazifasi masʼuliyatli, tigʻiz boʻlsa-da Zebo Rajabova nevaralari bilan shugʻullanishga ham, ularning uy vazifalarini bajarishiga koʻmaklashishga ham, birga badiiy kitoblar oʻqishga ham vaqt topadi. Uy ishlarida kelini Dildoraxonga koʻmakdosh. Ularning oilasida yana bir daromad manbai bor. Ellikdan ziyod tovuqlari, kurkalari bor. Ularga dondun berib parvarishlab, nevaralari bilan boʻlib, charchogʻi yoziladi.

Hayot – yashalgan kunlar emas, balki esda qolarli kunlardir, degan edi faylasuf Pavlenko.

Ha, inson hayotining qadri-qimmati ham ezgu ishlar qilishda, xayrli amallarni bajarishda, el xizmatiga kamarbasta boʻlishda.

Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Zebo Rajabovaning faoliyati, mahalla hayoti obodligi, farovonligi, tinch-osoyishtaligi yoʻlidagi  mehnatlari har qancha tahsinlarga loyiqdir.

Uni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizgʻin qutlab, yana uzoq yillar el xizmatida yurishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026