Aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan erkakka jazo tayinlandi
Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi sudyasi S.Davletmurodov raisligida sudlanuvchi fuqaroning jinoiy ishi sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi.
Sudlanuvchi oʻzining 8 yashar qizi taʼminoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining toʻrtdan bir qismi miqdorida aliment nafaqasini toʻlab turishi haqida Fuqarolik ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyati tumanlararo sudining 2018-yil 4-yanvardagi qarorini olgan boʻlsa-da, ushbu mablagʻlarni toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan. Buning uchun Amudaryo tuman Maʼmuriy sudining 2019-yil 12-iyuldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Pespublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining tegishli moddasiga muvofiq eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima jazosiga ham tortilgan edi.
Bundan tegishli xulosa chiqarmagan sudlanuvchi harakatlarini davom ettirib, alimentdan qarzdorligi besh million besh yuz yigirma ikki ming soʻmdan oshib ketgan.
Sudda bu haqda batafsil soʻz yuritildi, sudlanuvchiga voyaga yetmagan qiz taʼminotini taʼminlash majburiyati tushuntirildi.
Maʼlumki, Oila Kodeksining 116-moddasida voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Sayyor sud majlisida sudlanuvchining qilmishlari inobatga olingan holda tegishli jazo tayinlandi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶