HISOBOT-SAYLOVGA TAYYoPGAPLIK KOʻPILMOQDA
Hisobot-saylov yigʻilishi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatida muhim va katta voqea hisoblanadi. Chunki yigʻilishda boshlangʻich tashkilotning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlil qilib chiqiladi, kasaba uyushma aʼzolari bilan hamkorlikda kelgusida faoliyatni yanada kuchaytirish va takomillashtirish borasida yaqin kelajakka moʻljallangan ustuvor vazifalar belgilab olinadi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2019-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisbot – saylovlarni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi rayosat qarori bilan tasdiqlangan Nizomni keng targʻib qilish maqsadida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi tomonidan barcha boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlari raislariga oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminarda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmalari tizimidagi barcha boshlangʻich tashkilot raislari qatnashdi. Unda kasaba uyushmalari organlarining vakolat muddatlari tugashi munosabati bilan oʻtadigan hisobot-saylovlari 2020-yilning fevral-aprel oylarida tsex boshlangʻich, birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotlarining, may oyida kasaba uyushmalari tuman, hududiy birlashgan, shahar tashkilotlarining hisobot-saylov konferentsiyalari, iyul-avgustda esa tarmoq kasaba uyushmalarining qurultoylari oʻtkazilishi belgilangani alohida taʼkidlanib, uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Oʻquv – seminarda ishtirokchilariga uslubiy-qoʻllanmalar tarqatildi.
Maxmud NOPBOYeV ASM xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶