YaNGI ÖQUV YILI YaQIN, TAYYoPGAPLIKLAP QANDAY?
Yozgi taʼtil qançalik maroqli va sarguzaştlarga boy bölmasin,baribir öquvçi yoşlar yangi öquv yilini, birga taʼlim olayotgan döstlarini , ustozlarini soğinişadi va qadrdon maktabiga borişga oşiqişadi.
Tumanimizdagi 87ta umumtaʼlim maktablarida hademay yangi öquv yili boşlanib, sinfxonalar kelajak sari dadil intilayotgan öğil- qizlar bilan gavjum böladi.
Ayni kunlarda maktablarning barçasida ham yangi öquv yiliga tayyorgarlik işlari qizğin ketayapti—maktablar taʼmirlanib, atroflari obodonlaştirilmoqda, har bir sinflar uçun sinfxonalar belgilanib, bezatilmoqda.



Yetarliça kadrlar salohiyatiga ega bölgan 26-sonli umumtaʼlim maktabida yangi öquv yilida 42 nafar malakali öqituvçilar 488 nafar öquvçilarga taʼlim- tarbiya beradi. 2017-yilda Investiya dasturiga muvofiq kapital taʼmirlangan maktab binosi, sinfxonalar , fasad qismi öquvçilarda töğri munosabat tarbiyalangani bois, xuddi yangidan taʼmirdan çiqarilganday tasavvur uyğotadi odamda.Joriy yilda ham maktab yer uçastkasidan olingan daromad va yakka tadbirkor Zamira Xolboyeva, fermerlar Nuriddin Karimov va Pufat Ahmedovlarning homiylik mablağlari hisobiga sinfxonalar pollari,partalar va stullar böyaldi, maktab filialining sinfxonalari pollari , fasad qismi böyalib, çiroyli köriniş kasb etdi. Şuningdek, mahalliy byudjet mablağlari hisobidan maktabga va filialiga hojatxonalar qurildi.




Ayni kunlarda maktabda sinfxonalarni bezatiş işlari amalga oşirilayapti.




42-sonli umumtaʼlim maktabi 2018-yilda 1,5mlrd . sömlik mablağ hisobiga kapital taʼmirlangan edi. 2019 – 2020 öquv yili oldidan homiylik mablağlari hisobidan sinfxonalar pollari, partalar böyaldi, kuz- qiş mavsumi uçun 26 tonna kömir yoqilğisi ğamlandi, 1-sinfga qabul qilinayotgan 50 nafar bolajonlar uçun ikkita sinfxona alohida bezatildi.Yangi öquv yilida mazkur maktabda 520 nafar öquvçilar taʼlim- tarbiya olişadi. Tayyorgarliklar ham şunga monand olib borilayapti.






76-sonli umumtaʼlim maktabida ötgan davrlarda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari yaxşi olib borilganligi tufayli hududi gözal manzara kasb etgan va körgan közni quvnatadi.Did bilan ekilgan arçalar, turli qulf urib oçilib turgan gullar ostonadayoq maktab haqida iliq taassurotlar uyğotadi. Maktabda yangi öquv yilida 549 nafar öquvçi ikki smenada taʼlim olişadi .Bu yil birinçi sinflarga 64 nafar bolajonlar qabul qilinadi. Ularning va barça öquvçilarning puxta öqib- örganişlari uçun sinfxonalar pollari , partalar, stullar böyalib, körgazmali qurollar, alloma bobolarimizning ilm olişga undaydigan hikmatli sözlari bilan bezatildi, bir sinfxona yangidan pol qilindi, isitiş qozonxonalari taʼmirlandi. Şuningdek maktab hojatxonasi mahalliy byudjet mablaği hisobidan taʼmirlandi.






Ilm-maʼrifat – mamlakat taraqqiyotini taʼminlovçi kuçdir. Bu kuçni esa ong-u şuurimizga maktabda muallim joylaydi. Buning uçun munosib şaroitlar yaratiş bugungi kunning eng muhim vaifalaridandir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶