16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:49
Jamiyat 👁 350

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Men ham qutqaruvchi boʻlaman” musobaqasi oʻtkazildi

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Men ham qutqaruvchi boʻlaman” musobaqasi oʻtkazildi

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning madaniyat va sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida ilgari surilgan besh tashabbusni keng targʻib qilish maqsadida koʻplar chora-tadbirlar amalga oshirilimoqda.

Shu maqsadda 21-fevral kuni tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuzilmalarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boʻlimi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan tadbir oʻtkazildi. “Besh tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida yuqori saviyada tashkil qilingan tadbir doirasida “Men ham qutqaruvchi boʻlaman” musobaqasi oʻtkazildi.

Tadbirni maktab direktori Ravshanoy Oʻrozboyeva kirish soʻzi bilan  ochib, besh tashabbusni keng targʻib qilish yuzasidan maktabda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, mayor Hamro Matyakubov yurtimizda Favqulodda vaziyatlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur sohani yangi, zamonaviy texnika va zaruriy jihozlar bilan taʼminlash borasidagi olib borilayotgan muayyan ishlar, shuningdek, yoshlarimizning bilimli, yuksak salohiyatli, mahoratli, kadrlar boʻlib yetishishlari uchun joriy qilingan chora-tadbirlar haqida qisqacha toʻxtaldi. Prezidentimizning “Bizga koʻr-koʻrona mardlik emas,  ilmli, aql-idrok va himmat bilan qilinadigan zoʻr mahorat bilan bajariladigan jasorat kerak” degan iboralariga amal qilgan holda har bir yosh oʻz bilimi, dunyoqarashi va salohiyatini oshirish yoʻlida tinimsiz mehnat qilishi, izlanishi va oʻz ustida muntazam ishlashi kerakligini ham taʼkidlab oʻtdi.

 Qolaversa, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yoʻllagan murojatnomasida belgilanganidek, joriy “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ida  jamiyatda yoshlarning roli va obroʻsini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar bilan ishlashda ularning qiziqishlari, takliflarini oʻrganish hamda yosh avlod muammolarini hal qilishga amaliy yordam berish, ularga maʼnaviy, maʼrifiy, ilmiy tomonlama qulayliklar yaratishga xammamiz birdek masʼul ekanligimizni ham aytib oʻtdi.

Soʻngra, musobaqa shartlari hamda qatnashuvchi jamoalar tanishtirib oʻtildi. Unga koʻra, musobaqada “Zukkolar”, “Chaqqonlar”, “Bilimdonlar” jamoalari - oʻz guruhini tanishtirish, rasm chizish yoki maket ishlash, tayyorlangan rasm va maketlarni namoyish etish, qutqaruvchining maxsus kiyimini qoidasiga rioya qilgan holda kiyish, krossvord yechish, arqon tortish, shaxmat va shashka oʻynash, kompyuter texnologiyalarida rasm chizish kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.

Musobaqa uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Bahs-munozaraga boy boʻlgan ushbu musobaqada barcha jamoalar aʼzolari oʻz faolliklarini namoyish etdilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, faxrli 1- oʻrinni “Bilimdonlar” jamoasi, “Chaqqonlar” jamoasi 2-oʻrinni va 3-oʻrinni esa “Zukkolar” jamoasi egalladi.
Musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash, ularga estalik sovgʻalarini berish uchun taklif etilgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi katta ofitseri mayor Azizbek Eshmetov gʻolib jamoalarni tabrikladi va bugungi kunda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyasi, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligi oshirish, yosh avlodni sogʻlom va barkamol qilib tarbiyalash, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish eng ustuvor vazifalar ekanligini aytib oʻtdi. Shundan soʻng, musobaqa gʻoliblariga Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tayyorlangan diplom hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Bu kabi musobaqalar yoshlar qalbidagi vatanparvarlik, insoniylik kabi ezgu xislatlar yanada mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi va ularning maʼnan va jismonan sogʻlom, jasur va mard boʻlib ulgʻayishlarida muhim oʻrin tutadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026