16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:39
Jamiyat 👁 408

21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABI OʻQUVChILARI KOʻRGAZMA TAShKIL ETDILAR

21-SONLI BOLALAR MUSIQA VA  SANʼAT MAKTABI OʻQUVChILARI KOʻRGAZMA TAShKIL ETDILAR

Mana, bir yildirki, mamlakatimiz yoshlari hayotiga ezguliklar baxsh etib, qalblarida ilm-irfon sari intilish, kelajakka yuksak ishonch tuygʻularini uygʻotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni tasviriy sanʼat, musiqa, rassomlik, adabiyot va teatr sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Qipchoq shaharchasidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining  tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oʻqituvchilari Rasul Aytjonov va Xonimjon Ismoilovalar rahbarligida “Men ona yurt shaydosiman” mavzusida rasmlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Yosh ijodkorlarni keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan koʻrgazma ochilishida  ishtirok etgan maktab masʼullari va oʻqituvchilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga oid amaliy ishlaridan xalqimiz mamnun boʻlayotganini taʼkidladi. Shu oʻrinda fanga doir yangiliklar, toʻgaraklar faoliyati, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek,  toʻgarak oʻqituvchilari tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki ijodkorlar asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivojini ham aks ettirishini, insonning ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini ham tasvirlashini aytib oʻtdi.  

Koʻrgazmada 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan 11 nafar oʻquvchining ijodiy ishlari namoyish etildi. 11-sonli maktab binosida tashkil etilgan ushbu koʻrgazma oʻquvchilar, yosh musavvirlar, ularning ustozlari, ota-onalari bilan gavjum boʻldi.

Oʻquvchi-yoshlar tomonidan yaratilgan Vatanimiz manzaralari, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, bahoriy goʻzalliklar aks ettirilgan kartinalar, ijod namunalari koʻrgazmada asosiy oʻrinni egalladi. Eng sara deb topilgan va namoyishga qoʻyilgan “Men ona yurt shaydosiman”, “Mening jonajon qishlogʻim”, “Amudaryo - aziz diyor” “Oʻzbekiston – tengi yoʻq Vatan” mavzularidagi rangtasvir janridagi asarlarni ishtirokchilar maroq bilan tomosha qildilar. Oʻz tengdoshlari ijodi bilan tanishish asnosida tadbir ishtirokchilarining qalblarida rassomlik sanʼatiga, ranglar jilosida tovlanayotgan ona yurt manzaralariga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻulari uygʻondi. Oʻz navbatida oʻquvchilarning tasviriy sanʼat, ijodiy izlanishga oid bilimlarini yanada boyitdi.

Tadbirda bir guruh oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining kelajakdagi orzulari haqida gapirib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning oʻz hayotlarida tutgan oʻrni va ahamiyati haqida oʻzaro fikr almashdilar.

Mazkur koʻrgazma “ustoz – shogird” anʼanalarining bardavomligini koʻrsatdi. Shuningdek, ijodkorlarning oʻzaro tajriba almashishi, yoshlarning bilim va tafakkurini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026