26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 02:01
Jamiyat 👁 567

Taʼlim-tarbiya beshikdan boshlanadi

Taʼlim-tarbiya beshikdan boshlanadi

Ha, bu asrlar davomida oʻz isbotini topgan haqiqat. Momolarimiz, onalarimiz bolani beshikka belab, uni uxlatish uchun beshik tebranishlariga mos ravishda alla aytishgan. Alla aytish jarayonida onaning bolasiga  boʻlgan mehr-muhabbati, orzu-umidlari bilan birga birga yaxshi niyatlari, tilaklari ifoda etiladi.
Sevimli shoirimiz Choʻlpon “Bir bola uxlamasa, alla aytadilar. Bola tez uxlab ketar.  Chunki ul andan bir lazzat his qilur” deya yozgan edi. Ha, alla orqali bola ruhiga iymon, Vatanga muhabbat, hurmat oʻz tugʻilgan oilasiga sadoqat tuygʻulari singdiriladi.

Mehr-muhabbatdan yaralguvchi bu huzurbaxsh, orombaxsh qoʻshiqning umrboqiyligi boisi ham shu boʻlsa, ajab emas.
Yaqinda tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 “D” harbiy qismi harbiy xizmatchilarining turmush oʻrtoqlari oʻrtasida “Taʼlim-tarbiya beshikdan boshlanadi” deb nomlangan alla ijro etish borasidagi oʻtkazilgan tanlovda ham xalqimizning milliy boyligi hisoblangan ushbu folklor qoʻshiqlar ahamiyatini targʻib etish bosh vazifa qilib olindi.

Koʻrik-tanlovda “Oila” markazi tuman boʻlimi rahbari G.Yusupova, 9202 “D” harbiy qismdan E.Joʻraboyev, xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi  B.Xoʻjamurodovalar ishtirokchilarning chiqishlarini odilona baholab bordilar.


Koʻrik-tanlovda 10 nafar harbiy xizmatchilarning rafiqalari ishtirok etdilar. Hakamlar hayʼati ularning chiqishlarini, oʻzbekona kiyinishi, xalqimizning urf-odatlariga koʻra beshikka oʻngʻay holatda oʻtirib, alla aytishi, qoʻshiq matnining  mazmundorligi, ijro mahorati kabi mezonlar asosida baholab bordilar.
Shunisi eʼtiborliki, goʻdak vujudiga ona suti bilan birga kiradigan bu umrboqiy qoʻshiqni mamlakatimizning turli hududlarida yashovchi onalar turlicha ohangda, matn mazmuniga qarab, goh iltijoli, goh quvonchli ohangda kuylashadi.

Allada ilohiy kuch bor. Uning erkalovchi, taskinbaxsh soʻzlari bola ruhiyatini tinchlantirib, osuda orom olishiga, tetik va tiniqib uygʻonishiga olib keladi. Shuningdek, allaga  onalarning orzu-istak, umidlari qoʻshib kuylangani – erta bir kun chaqaloqning ota-onasi orzu qilganidek inson boʻlib voyaga yetishiga ijobiy taʼsir qiladi.

Maʼnaviy taʼlim-tarbiyani beshikdan boshlash, avlodlar kamoliga xizmat qilishi shubhasiz.
Allaning tarbiyaviy ahamiyatini targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan mazkur tanlovda birinchi oʻrinni Nilufar Yoʻldosheva, ikkinchi oʻrinni Gulsanam Umirova, uchinchi oʻrinni Laylo Baxtiyorovalar egalladilar.

Koʻrik-tanlov gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Faziliddin MAHAMADIYeV,
9202 “D” harbiy qism xizmatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026