16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:41
Jamiyat 👁 614

INSON HAYoTI OʻYINChOQ EMAS...

INSON HAYoTI OʻYINChOQ EMAS...

Xozirgi kunda ikki-uch kishi yigʻilgan joyda suhbat Xitoy davlatining Uxan shahridan tarqalgan koronavirusdan boshlanib, koronavirus mavzusi bilan tugayapti, desam lof boʻlmas. Tanish-bilishlar bilan salomlashsangiz ham omon-esonlik oʻrniga koronavirus haqida gap ochadi. Kecha ishdan qaytayotib, taksiga chiqdim. Mashina ichidagi ikki yoʻlovchi va haydovchi ham shu xususda gaplashayotgan ekan.

– Oʻzbekistonda ham shu kasallikka chalinganlar koʻp ekan. Biroq hukumat ularni yashirin davolayotgan ekan, - dedi pinagini buzmay 25-30 yoshlar atrofidagi taksichi yigit.

– Ofat-da, ofat, – deb qoʻydi koʻksiga tuflab old oʻrindiqda oʻtirgan keksa otaxon. – Avvallari bunday emasdi, hech kim deyarli kasal boʻlmasdi. Hozir kasallikning turi ham, kasallanayotganlarning soni ham koʻpayib ketdi.

– Yana Xitoyda yashayotgan, oʻqiyotganlarni Oʻzbekiston qaytarib olib kelishgani chatoq boʻpti, ular shu kasallik virusini yuqtirmagan, deysizmi? Ichida nechta kasallanganlari bordir, – soʻzida davom etdi taksi haydovchi.

– Ishqilib, kecha bolalarim oʻqiydigan maktabga shifokorlar borib, koronavirus degan kasal tarqaldi, ehtiyot boʻlinglar, debdi-yov, – gapga aralashdi mening yonimdagi ayol. Indamay turolmadim:

– Sen ham shularning qatorida boʻlsang, demoqchimanki, Xitoyda ishlayotgan yo oʻqiyotgan boʻlganingda ham shu gaplarni aytarmiding, bolam? – haydovchiga savol berdim men.

Hozircha bizga koronavirus yetib kelgani yoʻq, kelmagay ham. Xitoydagilarning olib kelingani davlatimizning xalqparvarligidan. Xavfli hududda oʻz bolalarini tashlab qoʻymaganini, qancha sarf-xarajatlar evaziga olib kelinganini, ular ikki hafta karantinda saqlanishiga qancha mablagʻ sarflanayotganini bir oʻylab koʻr. Axir ular ham sen kabi shu yurt bolalari boʻlgani uchun. Qolaversa, endi qoʻrqmasak boʻladi, koronavirus davosini topishdiku olimlar.

–  Oʻylasang – qoʻrqib ketasan, odam. Ishqilib, bizda tarqalmagani rost boʻlgay.

Yonimdagi ayol soʻzini tugatar-tugatmas, mashinaga toʻrtinchi yoʻlovchi chiqdi va yoʻlga tushdik. Mashinasini oʻnqir-choʻnqir yoʻlning  sozroq joyidan haydashga intilib, goh oʻng, goh chap tarafida boshqarib borayotgan haydovchi yigit endi telefonda bir oʻtirishda birga ulfatchilik qilgan joʻrasi bilan suhbatlasha boshladi. Mashina tezligi yuqori boʻlishiga qaramay, bir qoʻli rulni goh u yoqqa, goh buyoqqa buradi, biz yoʻlovchilar unga sayin u yoqqa, bu yoqqa chayqalamiz.

– Bolam, gapingni bizni manzilga olib borib qoʻyib, keyin gaplash, - eʼtiroz bildirdim. Shunda u qattiq kulib yubordi. U telefonda aytilayotgan gapga kuldimi, mening gapimgami – anglolmadim. Biroq suhbat ham toʻxtamadi, tezlik ham pasaymadi.

– Sen bola gapga quloq solasanmi, yoʻqmi, – dedim endi ovozimni koʻtarib.

– Ha, ayapa, – dedi haydovchi oʻgirilib kulimsiraganicha.

– Yoʻlingga qara, menga emas. Sal sekinroq hayda, deyapman. Boyadan beri koronavirus deb odamlarga vahima qilib oʻtiribsan, sening bu mashina haydashing koronavirusdan ham xavfli-ku.

– Ha, sal sekinroq haydagin-da, – gapga qoʻshildi otaxon.

– Olti yildan beri shu yoʻlda odam tashiyman. Yoʻlning har bir oʻyiq, har bir belgisi yod boʻlib ketgan. Koʻzimni yumib haydab ham sizlarni oborib qoʻya olaman, qoʻrqmang.

Haydovchi bola sal boʻlsa-da shashtidan tushmadi. Astagʻfurulloh, deb eson-omon manzilimga yetganimga shukur qilib, mashinadan tushib qoldim.

Tushib qoldim-u haydovchi yigitning “bu yoʻllarda koʻzimni yumib ham  sizlarni oborib qoʻya olaman”, deb magʻrurlanib turgan holati koʻz oʻngimdan ketmaydi. Shunisi xavotirliki, xoh markaziy, xoh ichki yoʻllarda boʻlsin, mashinalarni yuqori tezlikda haydash, yoʻlda harakatlanish chogʻida bir-birovni quvib oʻtishga intilish, yoʻlovchilarga hurmatsizlik bilan qarash (oʻsha taksichiga oʻxshab) juda urf boʻlgan. Agar chorrahalarda mashinalar harakatini  kuzatsangiz – baʼzan svetoforning chirogʻiga ham boʻysunmay, oʻzi kabi yoʻl harakati ishtirokchilari hayotiga xavf tugʻdirib, chorrahalarni kesib oʻtayotganlarni ham uchratishingiz mumkin. Mana shunday qarashlar oqibatida har kuni yoʻllarda qanchadan-qancha koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlayapti, baʼzi hollarda beayb yoʻlovchilar ularning aybi bilan halok boʻlayotir.

Yaqinda markaziy telekanallardan birining axborot dasturida bir mast holdagi haydovchi yoʻlda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotib, Damas rusumli avtomashinaga yuqori tezlik bilan kelib urilgani va oqibatda besh nafar kishi hayotdan  koʻz yumgani haqidagi lavha efirga uzatildi. Aybdor sudning qora kursisida oʻtirib ham oqibati bunday boʻlishini bilmagandim, bilganimda ichmasdim, dedi.

Qarang-a! Besh odamning hayotini barbod qilib qoʻyib, ochiqrogʻi, besh odamning qotiliga aylanib ham oʻzini oqlashga urinayapti u. Aslida mast odam oʻzini jismonan ham, ruhan ham meʼyorda ushlab tura olmasligi hammaga ayon emasmi? Odamni tashvishlantiradigani – yoʻllarda haydovchilarning avtomobil boshqarish madaniyatiga, qonun-qoidasiga amal qilmaslikning oqibatini  his qilmaganidir.

Eʼtibor qilayotgan boʻlsangiz keyingi yillarda yoʻllar boʻylarida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim muassasalari roʻparalariga oʻtish yoʻlaklari chizilib, hatto bu yerdan bolalar oʻtadi, degan maʼnoda yoʻl chetiga oʻquvchi surati aks ettirilgan belgilar qoʻyildi. Shu belgi oldida oʻquvchilarning yoʻlni xavfsiz kesib oʻtishlari uchun oʻqituvchilarning navbatchiliklari ham tashkil etilgan. Biroq aynan shu yerda turib avtomashinalar harakatini kuzatsangiz – ayrimlar ushbu hududdan ham bemalol tezligini pasaytirmay, bamaylixotir oʻtib ketayotganiga guvoh boʻlasiz. Shunda koʻnglingizga shunday savol keladi: nahot haydovchilarning vaqti shunchalik tigʻiz  boʻlib ketayapti? Nahot yoʻl harakati qoidalari, inson hayoti xavfsizligi – amal qilishga arzimas masala boʻlsa? Axir ostona hatlab koʻchaga chiqqan barcha odamlarning, bolalarning ham oilasida yoʻliga koʻz tikib, kutib oʻtiradiganlari bor-ku!

Mening bu borada soʻz yuritishim bejiz emas. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 21-yanvardan 31-yanvargacha 10 kun ichida mamlakatimiz hududida 125 ta  yoʻl transport hodisalari sodir etilgan. Natijada 59 kishi hayotdan koʻz yumgan, 93 nafari esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Yanvar oyi davomida esa 114 nafar fuqarolar yoʻl transport hodisalari natijasida vafot etishgan. Bu raqamlar koronovirus xavfidan kammi?

Albatta, men butun dunyo aholisi tinch-osoyishta, farovon yashashi tarafdoriman. Biroq dunyoning bir burchagidagi xavfni elga yoyib, odamlar koʻnglida xavotir uygʻotishga urinayotganlar oʻzimizdagi mavjud xavflarning – har yili necha-necha odamlar ichkilik, chekish tufayli vafot etishayotgani, bir-birovning joniga qasd qilishlar tobora koʻpayib borayotgani haqida qaygʻurishsa, YTHlarning oldini olishga harakat qilishsa, boʻlmasmidi, deb oʻylayman.

Ehtimol, bu bir mulohaza qilib koʻrishingizga arzir? Nima dedingiz? Axir inson hayoti uyinchoq emas-ku!

 

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026