ULUĞ BOBOKALONLARIMIZ IJODI ÖQUVÇILAR TALQINIDA
Maktabimizda har yili buyuk bobokalonimiz A.Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan adabiy-musiqiy tadbir taşkil etilib, sinflararo “Navoiy asarlari bilimdonlari” bellaşuvlari, ğazalxonlik keçalari ötkaziladi. Navoiyxonlik keçalari Boburxonlik davralarida davom etadi.
Joriy yilning 8-fevral sanasida boşlangan adabiy-musiqiy Navoiyxonlik keçasida öquvçilar tomonidan tayyorlangan stsenariy asosida Navoiyning yoşligi, kamolot pallasi, “Xamsa” asarining yaratiliş tarixi, Alişer Navoiy tomonidan bunyod etilgan meʼmorçilik obidalari, ilm-maʼrifat sohasiga qöşgan katta hissasi sahna körinişlari orqali çiroyli tarzda namoyiş etildi.
Ayniqsa, maktabimizning aʼloçi öquvçisi, Navoiy asarlarining şaydosi Guljahon Davlatboyeva talqinidagi Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi hikmatlar, insonlarga tanbeh-u maslahatlar barçaning diqqatiga sazovor böldi.
Navoiy ijodiga, ahli jahonni maftun etgan ğazal va ruboiylari hamda qitʼalariga qiziquvçi öquvçi-yoşlar buyuk bobokalonimiz qalamiga mansub asarlardan parçalarni ifodali, yoddan öqib berdilar.
Maktabimiz öquvçi-yoşlari uçun har galgidek fevral oyi mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandalari – Mir Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur dahosiga ehtirom tarzidagi tadbirlar bilan fayzli ötadi. Bobur tavalludiga bağişlab maktabimizda ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham özining juda katta tarbiyaviy ahamiyati bilan barçaga manzur böldi.
Öquvçilar Z.M.Bobur ğazallari asosida bahri-baytlar aytişdi. “Boburnoma” asarining badiiy qimmati haqida öz fikrlarini bayon etişdi.
Tadbir yakunida Qangli Madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyiş etildi.
Gavhar XUDOYoROVA,
29-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶