JAHON IChRA BUYuK NAVOIY
Bugungi kunda yurtimiz boʻylab A.Navoiyning 579 yilligi keng nishonlanmoqda. Chunki bu buyuk siymo umri davomida turkiy til mavqeini koʻtarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish maqsadida besh dostondan iborat “Xamsa” va toʻrt devonni oʻz ichiga olgan “Xazoyin ul-maoniy” asarlarini yaratdi. Bundan tashqari aruzga doir “Mezon ul-avzo”, tazkirachilikka oid “Majolis un-nafois” lugʻatshunoslikka bagʻishlangan “Sabʼat-u abhor” asarlarini ham turk tilida yozib qoldirdi. Turkiy va forsiy tillarni qiyoslab, ona tilining boyligini isbotlagan holda “Muhokamat ul-lugʻatayn”ni yaratib, turkiy til imkoniyatlari arab va fors tili imkoniyatlaridan sira ham kam emasligini har jihatdan isbotlab berdi.
A.Navoiyning buyuk soʻz sohibi ekanligini shundan ham bilsa boʻladiki, olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, buyuk rus shoiri Pushkin oʻz asarlarida 21 ming 197 ta betakror soʻz ishlatgan. Shekspir salkam 20 ming, Servantes esa 18 mingga yaqin betakror soʻz ishlatgan. A.Navoiy bobomiz esa 1 mln. 660 ming 660 ta betakror soʻz ishlatgan.
Jahonga eng buyuk shoir sifatida tan olingan bobomiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Uning oʻlmas asarlari taʼlim va tarbiya bobida asrlar osha ziyo taratadi.
Elmira SAPAROVA,
76-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶