MAHALLALARDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARINING FILIALLARI TAŞKIL ETILADI
Xalqimizga davlat xizmatlari sohasini yanada rivojlantiriş, davlat xizmatlari sifatini yaxşilaş hamda xizmat körsatiş hajmini oşiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Buning yorqin misoli tariqasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvar kuni qabul qilingan “Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 5930-sonli Farmonini aytib ötiş joiz.
Farmonga muvofiq, tadbirkorlik subʼektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga ötkazildi.
Şuningdek, Farmonga köra şaharlar va qişloqlarda yuridik şaxs taşkil etmagan holda davlat xizmatlari markazlari filiallari bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi.
Filiallarning asosiy vazifalari etib jismoniy va yuridik şaxslarga keng kölamli, atab ötilganda mobil (sayyor) davlat xizmatlari körsatiş;
fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş madaniyatini oşiriş, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanişning dastlabki könikmalari böyiça maslahatlar beriş;
tegişli hudud aholisini körsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib boriş vazifalari belgilandi.
2020-yil 1-apreldan Toşkent şahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali körsatiladigan davlat xizmatlari röyxati tasdiqlandi.
Xususan:
Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi ösimliklar va ularning qismlarini olib kiriş va olib çiqişga ruxsatnoma;
Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kiriş va olib çiqişga ruxsatnoma;
Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni saqlaş va köpaytiriş böyiça pitomnikni, şuningdek, zoologik kollektsiyalarni hisobga qöyiş töğrisidagi guvohnoma;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subʼektining özi töğrisida köçirma;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan köçirma, maxfiy axborot bundan mustasno;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan söralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi töğrisida maʼlumotnoma beriş;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subʼektlari röyxatini elektron şaklda beriş, oliş imkoniyati qonun hujjatlari bilan çeklangan maʼlumotlar bundan mustasno;
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etiş;
Soliq tölovçi jismoniy şaxslarni soliq organlarida hisobga qöyiş, STIR beriş;
Yakka tartibdagi tadbirkorning röyxatdan ötkazilganlik töğrisidagi guvohnomasini töxtatib turiş.
Bu kabi harakatlar natijasida va amalga oşirilayotgan islohotlar, tajriba va örganilgan amaliyotlar xalqimizga tez va sifatli davlat xizmatlari körsatişda öz natijasini berişi şubhasiz.
Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boş maslahatçisi F.B.Seytimbetov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶