16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:05
Jamiyat 👁 484

TUMANIMIZNING MATBUOT VA OMMAVIY AXBOPOT VOSITALAPINI QOʻLLAB-QUVVATLAYLIK!

TUMANIMIZNING MATBUOT VA OMMAVIY AXBOPOT VOSITALAPINI QOʻLLAB-QUVVATLAYLIK!

Aziz yurtdoshlar!

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin, ayniqsa, soʻnggi uch yil ichida hayotimizda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir oʻzbekistonlikning baxtiyor hayot kechirishiga qaratilgan, desak yanglishmaymiz. Mana shu islohotlar tufayli turmushimiz obod boʻlib, ovul, shaharcha va mahallalarimiz yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Bu oʻzgarish va yangilanishlarning tub mohiyatini xalqimizga yetkazishda, odamlarni  yangi marralar sari safarbar etishda, oldimizga qoʻyilgan vazifalarni sifatli amalga oshirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining roli va oʻrni katta, albatta.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼbirlari bilan aytganda, jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy maʼlumotlar yetkazish borasida va jarayonlarga fuqarolar koʻnglida daxldorlik, kelajak uchun masʼuliyat hissini tarbiyalashda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnat qilishayotganini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Bu soha xodimlarining saʼy-harakatlari, isteʼdod va mahorati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin boʻlib, Oʻzbekistonning yangi, demokratik qiyofasini shakllantirishda gʻoyat muhim rol oʻynamoqda.

Mana shunday olijanob kasb egalari qatorida bizning tumanimiz matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham borligidan nihoyatda faxrlanamiz. Jurnalistlarimizning saʼy-harakatlari bilan tumanimizning “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va “Amudaryo TV” telekanali yuqori darajada rivojlanmoqda.

Shu bilan birgalikda amunews.uz veb-sayti va “Jayxun sadosi” internet-radiosi ham faoliyat yuritib, internet orqali tumanimizning ijobiy imijini shakllantirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

2017-yildan boshlab “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi rangli tarzda chop etilayapti. Amudaryo televideniyesi koʻrsatuvlari 2019-yilning boshidan raqamli formatda, ayni kunlarda deyarli butun Qoraqalpogʻiston, qolaversa, qoʻshni Xorazm viloyati va Turkmaniston Pespublikasining ayrim hududlarida namoyish etilmoqda. Endilikda telekanal koʻrsatuvlari har kuni ertalabki soat 7:00 dan 24:00 gacha davom etayapti.

Amudaryo tumanida matbuot va ommaviy axborot vositalarini tashkil etish hamda ularni rivojlantirish boʻyicha shuncha ishlar amalga oshirilayotgan ekan, koʻnglimizda bir savol paydo boʻladi: “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, Amudaryo telekanali, amunews.uz veb-sayti va “Jayxun sadosi” internet radiosi tahririyatlari qanday mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatayapti?

Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda tuman gazeta hamda televideniyelariga mahalliy byudjetdan ham, davlat byudjetidan ham mablagʻ ajratilmaydi. Ular faqat obuna, reklama va boshqa pullik xizmatlardan tushayotgan mablagʻlar hisobidan faoliyat yuritishadi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining joriy yil yanvar oyidagi obunasi 3185 nusxani tashkil etdi. Aksariyat mushtariylarimiz 3 oyga va yarim yillikka obuna boʻlgani sababli, yilning oxirgi choragida bu koʻrsatkich 2 ming atrofida boʻladi. Bosmaxona xarajatlari hamda soliqlar, ishchilarning ish haqlari, kommunal toʻlovlar va boshqa xarajatlarning oshib borayotganini inobatga olsak, gazeta obunasi hisobidan yigʻilgan mablagʻ ushbu matbuot va ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun koʻp boʻlsa, 5-6 oyga yetadi, xolos.

Biz nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki Oʻzbekiston Pespublikasining boshqa hech bir tumanida yoʻq boʻlgan bunday maʼnaviyat va maʼrifat oʻchoqlarining faoliyatida uzilishlar boʻlib qolishidan xavotirdamiz. Oʻzbekiston Pespublikasidagi eng ilgʻor tumanlardan biri hisoblangan Amudaryo tumanining har bir ziyoli, yurtparvar aholisi qalbida ham mana shunday xavotir uygʻonishi tabiiy, albatta.

Yana shuni ham taʼkidlash oʻrinliki, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tumanimiz hayotining 86 yillik zalvorli tarixini yorqin ifoda etib kelayotgan manbadir. “Oʻz qutlugʻ tarixi, qadri, hayot tarzi va dunyoqarashi qanday kechayotganligini, hozirgi davrning yorqin qirralarini anglashni istagan har bir inson gazeta sahifalarini varaqlasin, shundagina bir butun hayot tarzining boy xazinasidan bahramand boʻlishiga, oʻzining kimligini chuqurroq anglab olishiga aminman”, deb yozgan edi gazeta haqida falsafa fanlari nomzodi Tursunboy Davlatboyev.

Shuning uchun ham biz sizlarni tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalarini saqlab qolish hamda ularni yanada rivojlantirish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining obunasini davom ettirib, faol obunachilar safiga qoʻshilishga chaqiramiz. Boisi, gazeta taqdiri faqat jurnalistlarga emas, barchamizga daxldordir. Gazeta – xalqimizning maʼnaviy boyligi.

Qolaversa, siz-u bizning gazetaga obuna boʻlishimiz internet foydalanuvchilarini Amudaryo tumani hayotidagi voqea-hodisalar, yangiliklar va oʻzgarishlar bilan tezkor tanishtirib kelayotgan, salkam 10 yillik tarixga ega boʻlgan amunews.uz veb-sayti hamda 5-yildan buyon internet orqali efirga uzatib kelinayotgan “Jayxun sadosi” internet radiosi tahririyatlari uchun ham moddiy va maʼnaviy koʻmak boʻladi.

Shu oʻrinda eʼtiboringizni yana bir narsaga qaratmoqchimiz. Oʻtgan yilning oxirida, bosma nashrlar obunasi mavsumida mamlakat OAVlarida, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlarining majburiy obunani amalga oshirayotgani xususida qator materiallar yoritildi. Bu mazmundagi axborotlarning internet sahifalarida koʻp va xoʻb berib borilishi goʻyoki, koʻpchilik odamlar ongida “gazetaga obuna boʻlmaslik kerak” degan fikrni shakllantirdi, nazarimizda.

Shuni yaxshi anglashimiz lozimki, biror-bir korxona, tashkilot, xoʻjalik yoki muassasa rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi aʼzolarini maʼnaviyatli va maʼrifatli boʻlishga undash, ular oʻrtasida kitob yoki bosma nashrlar targʻibotini amalga oshirish – bu “majburlash” degani emas. Shaxsiy daromadini nimaga ishlatish har bir xodimning oʻz ixtiyorida. Unga zoʻravonlik qilishga hech kimning haqqi yoʻq.

Yana bir narsani unutmasligimiz kerakki, insoniyat taraqqiyotida kundalik hayotimizda har bir ommaviy axborot vositasining oʻz oʻrni, ahamiyati bor. Toʻgʻri, internetdagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali biz yangiliklardan tezkor ravishda xabardor boʻlishimiz mumkin. Ammo, gazeta yoki kitobni varaqlab oʻqish inson miyasining fikr yuritish va tafakkur qilish qobiliyatlarini yanada sayqallab, uning dunyoqarashini rivojlantirishi olimlar tomonidan allaqachon isbotlangan.

Hurmatli yurtdoshlar!

Biz Sizni – barcha soha mehnatkashlarini tumanimiz matbuot va ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining 2020-yil uchun obuna jarayonida faol ishtirok etishga chaqiramiz. Xalqimizda: “Koʻpdan yigʻilsa, koʻl boʻladi”, degan sermaʼno ibora bor. Shunday ekan, mehnat haqimiz yoki oilaviy daromadimiz hisobidan oz boʻlsa ham gazeta obunasiga hissa qoʻshsak, xayrli ishga qoʻl urgan boʻlamiz.

Bizning tashabbusimizni qoʻllab-quvvatlashingizga ishonamiz, azizlar!

Sanobar XOʻJAMUPODOVA, 40-sonli maktab direktori,  Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xalq oʻqituvchisi.

Mavlonbergan TAJIBOYeV, shifokor, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻlikni saqlash xodimi.

Matnazar AYTBOYeV, “Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligi raisi, Oʻzbekiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor.

Murodboy XUDOYBEPGANOV, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi.

Quvonch BAYMUPODOV, tadbirkor, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026