NUKUS HARBIY PROKURORI TOMONIDAN AMUDARYo TUMANIDA OMMAVIY SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Aholi hayotiga doir muammolarni joyiga çiqqan holda örganiş, fuqarolar bilan oçiq va samimiy muloqotda böliş orqali ularni qiynab kelayotgan iqtisodiy, huquqiy masalalarga yeçim topiş maqsadida Nukus harbiy prokurori tomonidan Amudaryo tumani Madaniyat bölimiga qaraşli madaniyat markazi binosida ommaviy sayyor qabul va böş iş örinlari yarmarkasi ötkazildi.
Tadbirga tegişli soha vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi, Favqulodda vaziyatlar bölimlarida öz xizmat vazifasini ötayotgan harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolari, isteʼfodagi harbiy pensionerlar, şuningdek, muddatli harbiy xizmatni ötab qaytgan yigitlar hamda yoşlarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul jarayonida iştirokçilardan turli mazmundagi murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning asosiy qismi uy-joyga subsidiya oliş, harbiy xizmat vazifasini ötayotgan zobitlar va harbiy xizmatçilar, isteʼfoga çiqqan sobiq harbiy pensionerlarning şartnoma asosida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt tölovini tölaş, harbiylarning oilalarini uy-joy bilan taʼminlaş masalalarida böldi. Şuningdek, iştirokçilar masʼullarga sud-huquq sohasiga doir masalalar va mulkiy munosabatlar yuzasidan ham murojaat qildilar.
Har bir murojaat masʼullar tomonidan sinçiklab örganib çiqildi. Jumladan, 6 ta murojaat sayyor qabul jarayonida joyida ijobiy hal etilgan bölsa, 7 ta murojaat tahliliy örganilgandan söng mutaxassislar tomonidan murojaat qiluvçilarga zarur huquqiy tuşuntirişlar olib borildi. 4 ta murojaat esa harbiy prokuratura tomonidan alohida röyxatga olinib, tegişli taşkilotlar, jumladan tuman Soliq inspektsiyasi, Aholi bandligiga kömaklaşiş va kambağallikni qisqartiriş bölimi, Favqulodda vaziyatlar bölimi, Tibbiyot birlaşmasi, “Mikrokreditbank”ning tuman bölimi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bölimi kabi taşkilotlarning masʼullarini jalb qilgan holda körib çiqiladigan böldi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, turli toifadagi soliq imtiyozlari, mulkiy munosabatlarni tartibga soliş, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, alohida toifadagi fuqarolar uçun ijtimoiy, tibbiy xizmat böyiça imtiyozlar beriş xususidagi savollarga masʼullar atrofliça javoblar va huquqiy maslahatlar berdilar. 6 nafar fuqaroga esa sayyor qabul jarayonida harbiy guvohnoma rasmiylaştirib berildi.
Sayyor qabuldan söng, oliy taʼlim muassasalarini bitirgan va Qurolli Kuçlar saflarida muddatli harbiy xizmatni ötab qaytgan sobiq askarlar, mehnat muhojirligidan qaytib kelib, iş izlovçi sifatida Bandlikka kömaklaşiş va kambağallikni qisqartiriş bölimida röyxatdan ötgan iş izlovçilar iştirokida böş iş örinlari yarmarkasi ham taşkil etildi.
Yarmarkada Amudaryo tumani Aholi bandligiga kömaklaşiş va kambağallikni qisqartiriş bölimi xodimlari tomonidan aholini iş bilan taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, mehnat qonunçiligidagi özgarişlar, oliy taʼlim muassasalari hamda texnikumlarni bitiruvçilar uçun yangi iş örinlarini yaratiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan zarur maʼlumotlar berildi.
Şuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan taklif qilinayotgan iş örinlari, ularning turlari böyiça ham iştirokçilarga maʼlumotlar berilib, şartnoma asosida xorij davlatiga çiqib işlaşning öziga xos jihatlari yuzasidan tuşuntirişlar olib borildi.
Iştirokçilar tumanda faoliyat olib boruvçi korxona, taşkilotlar hamda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan taklif etilayotgan böş iş örinlari bilan yaqindan tanişib, mehnat qonunçiligidagi yangiliklar va özgarişlar yuzasidan zarur maʼlumotlar oldilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶