I.A.KARIMOV XOTIRASIGA EHTIROM KÖRSATILDI
Mamlakatimizda tinçlik-osoyiştalik, millatlararo totuvlik, özaro mehr-oqibat va birdamlik muhitini yaratib, mustaqilligimizning taʼmal toşini qöygan Birinçi Prezidentimiz I.Karimov nomi bilan boğliq ezgu işlar xalqimiz uçun hamişa qadrli. Şu bois, har yili 30-yanvar sanasi Mustaqilligimiz meʼmori I.A.Karimov tavalludi kuni sifatida xalqimiz tomonidan samimiy xotirlanadi.
16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida tarix va huquq fan oyligi doirasida ötkazilgan “Mustaqil Vatanning uluğ otasi” mavzusidagi xotira tadbirida ham Birinçi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda amalga oşirilgan islohotlar, tinçlik va farovonlik yölidagi kuraşlar, I.A.Karimovning insoniylik, xalqparvarlik fazilatlari yodga olinib, hurmat va ehtirom körsatildi.
Tadbirda maktabning 7- va 11-sinf öquvçilari tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari namoyiş etilib, I.A.Karimovning hayoti va faoliyati haqida maʼruzalar öqildi. Ayniqsa, I.A.Karimov asarlari böyiça tayyorlangan maʼnaviy-maʼrifiy kompozitsiya hamda mustaqillikning ilk yillari, Özbekistonning I.Karimov davrida rivojlaniş yöliga ötgan iqtisodiy körsatkiçlari, yoşlar taʼlim-tarbiyasiga oid olib borgan izçil siyosati haqidagi sahna körinişlari öquvçilarning bu boradagi bilim va qiziqişlari eʼtiborga loyiq ekanligini namoyon etdi.
Mazkur tadbirni maktabning tarix fani öqituvçisi Zoirjon Ilhomov, huquq fani öqituvçisi Gözal Ğoyipova, tarix fani öqituvçisi Maʼrifat Rajabovalar hamkorlikda tayyorlaşdi. Fan öqituvçilari öquvçilar bilan muntazam ravişda I.A.Karimov asarlari mazmun-mohiyati, taraqqiyotimizning bugungi bosqiçlaridagi ahamiyati haqida darsdan taşqari maşğulotlar, savol-javob tarzidagi jonli muloqotlar ötkazganlari bois I.A.Karimov tavalludining 82 yilligiga bağişlangan xotira keçasi haqiqiy bilimdonlar tadbiri sifatida barçada yorqin taassurotlar qoldirdi. Bundan taşqari, öquvçi-yoşlar qalbida uluğ ajdodlarimiz xotirasiga, xalqimizning buyuk tarixiga nisbatan hurmat va ehtirom tuyğularini yanada mustahkamladi.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶