16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:28
Jamiyat 👁 343

“INDIGO” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari orasida indigo bolalar ulgʻaymoqda

“INDIGO” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari orasida indigo bolalar ulgʻaymoqda

“INDIGO” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. 2019-yilning  14-oktyabr sanasida, Mangʻit shahrining Gulzor mahallasida, tadbirkor Gulshirin Ismoilova rahbarligida ilk tarbiyalanuvchilarni  oʻz bagʻriga olgan mazkur nodavlat MTTda ayni kunda 25 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda. Gulzor mahallasi hududidagi namunaviy loyiha asosida bunyod etilgan uy binosida joylashgan NMTTda barcha sharoitlarga ega bolalar oʻyin maydonchasi, mashgʻulotlar xonasi, zarur anjomlar bilan jihozlangan bolalar oromxonalari koʻrgan  koʻzni quvnatadi. Ayniqsa, turli bayram sanalari munosabati bilan har xil tadbirlar oʻtkazishga moʻljallangan keng va yorugʻ zal, turfa xil oʻyinchoqlar jamlanmalarining mavjudligi bolajonlarning yayrab oʻsishlari uchun xizmat qilmoqda.

 Yashil archa atrofidagi Yangi yil bayrami tomoshalarida bolajonlarimiz rosa yayrashdi, - deydi NMTT rahbari Gulshirin Ismoilova. – Hatto bilagʻon bolajonlarimiz buvilaridan, tarbiyachilaridan eshitgan ertaklar asosida bogʻcha opalari bilan oʻzlari sahna koʻrinishlari tayyorlashdi. Tarbiyalanuvchilarimiz orasida alohida qobiliyatli bolalar koʻp.

Haqiqatan ham oʻz nomiga monand “INDIGO” NMTTda tarbiyalanayotgan kichkintoylar orasida adashmay sonlarni yoddan qoʻshib-ayiradigan, sheʼrlarni bir-ikki takrorlashdayoq yodlab oladigan qobiliyatli bolajonlar anchagina.

- Ajab emas, - deydi tarbiyachi Umida Xudoyberganova, - ular ichidan kelajakda olimlar, mashhurlar chiqishsa. – Tarbiyaviy-taʼlimiy mashgʻulotlarni juda tez oʻzlashtiradigan bolakaylarni koʻrib quvonib ketaman.

NMTTda oʻz ishining fidoyilari boʻlgan jamoa shakllangan. Yordamchi tarbiyachi Dilnoza Xudoyberganova, oshpaz Salomat Oʻrozmetova, hamshira Raʼno Qozoqovalar har bir bolaga alohida eʼtibor qaratishadi. Ularning sogʻlom ovqatlanishlari, ongu shuurida ezgu, yaxshi ishlarga ragʻbat va moyillik uygʻotishi, oʻz xohish-irodalarini, qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun hamisha masʼuliyatni his etib ishlash NMTT xodimlarining burchiga, faoliyatining asosiy mezoniga aylangan.

Ishonamizki, NMTT tarbiyalanuvchilari orasidan, albatta, amudaryolik indigo bolalar yetishib chiqadilar. Chunki yaxshi niyat – ezgu ishlarga qanotdir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026