14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:03
Fan va taʼlim 👁 633

VARIATIV OʻQUV REJASI: BU REJA BIZ OʻQUVChILARGA NIMA BERADI?

VARIATIV OʻQUV REJASI: BU REJA BIZ OʻQUVChILARGA NIMA BERADI?

Maktablarda variativ oʻquv rejasi uchinchi chorakdan boshlangani barchamizga maʼlum. Ammo bu rejaning samarasi va buni tashkil qilish koʻplab bahs va munozaralarga sabab boʻlmoqda.

Oliy taʼlim muassasalariga tayyorlanayotgan oʻquvchilar uchun, albatta, katta yengillik hamda vaqtdan unumli foydalanishga yordam beradi. Bu jarayonni tashkil etishda oʻqituvchilar ham oʻzining fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Kimdir bu reja orqali yaxshi natijalarga erishishimiz mumkinligini, yana kimdir oʻzining qoʻshimcha takliflarini aytmoqda. Baʼzi oʻqituvchilarimiz bu jarayonning oʻquv yili boshidan boshlanishi yaxshi samara berishini taʼkidlashmoqda.

Umumtaʼlim maktablarining koʻpchiligida variativ oʻquv rejasini tashkil qilish boʻyicha bir qator muammolar ham yuzaga kelayotganini inkor eta olmaymiz. Yaʼni, baʼzi taʼlim yoʻnalishlarini toʻrt yoki besh nafar oʻquvchi tanlagan yoki butun boshli bir maktabda 10-11-sinflar bir yoki ikkita sinfni tashkil qilishi tufayli ularni yana variativ reja boʻyicha besh yoʻnalishga ajratganda ham sinfga oʻnga yaqin oʻquvchidan taqsimlanishi mumkin. Buning ustiga oʻqituvchilarimizning dars soatlari kamayishi yoxud koʻpayishi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishi muqarrar.

 Oʻquvchilar repetitorga bormasdan dars jarayonining oʻzidayoq oʻzlari tanlagan yoʻnalishi boʻyicha bilimlarga ega boʻlishi biz uchun quvonarli holat. Ammo darsliklar bu talablarga javob berolarmikan?  

Shu bois variativ rejaga oʻtilgan maktablarda darslarni turli qoʻllanmalardan foydalangan holda oʻrganishga toʻgʻri keladi. Oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihonlarida ham savollar faqat darslikdan tushayotgani yoʻq. Bunda kimnidir ayblamoqchimasman. Aksincha, darsliklarni  qayta koʻrib chiqish, ayniqsa, 10-11-sinf darsliklarini qayta nashr etish tarafdoriman. Variativ sinflarda esa oʻz taʼlim yoʻnalishiga oid fanlardan ixtisoslashtirilgan maktablardagi kabi boshqa darslik, yaʼni murakkablashgan oʻquv darsliklari ishlab chiqilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi.

Mazkur oʻquv yilidan boshlab OTMga kiruvchilar 5 fandan imtihon topshiradilar. Bularning 3 tasi – ona tili, matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari majburiy fanlar boʻlib, variativ sinflarda bu fanlar boʻyicha taʼlim olish oʻquvchilar uchun qulay. Shu oʻrinda variativ sinflarda dars oʻtadigan oʻqituvchilarning bilimga ham alohida eʼtibor berish darkor. Oʻqituvchi ana shu sinfni oʻqitar ekan, oʻz zimmasiga katta vazifa oladi va mana shu sinfdagi oʻquvchilarning kamida 50 foizi OTMga kirishi uchun harakat qilishi kerak. Agarda yil oxirida bunday natijaga erishilmasa, bu oʻqituvchining variativ sinfda dars berishini aslo toʻgʻri deb boʻlmaydi. Fidoyi va oʻz kasbini sevadigan oʻqituvchi oʻziga yaratib berilgan bunday katta imkoniyatdan oqilona foydalana bilishi kerak.

Taʼlim sohasida katta samara berishi mumkin boʻlgan bu variativ reja biz oʻquvchilar uchun katta imkoniyat. Oʻz navbatida biz oʻquvchilar ham mana shu imkoniyatlardan, yaratilayotgan sharoitlardan oʻrnida foydalansak, albatta, ijobiy natijani qoʻlga kiritamiz.  

Variativ reja natijasini esa yil oxirida koʻrishimiz mumkin. Bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha biz oʻquvchilarning takliflari ham oʻrganilib, eʼtiborga olinsa, maqsadga muvofiq boʻlar va rivojlanish sari yana bir qadam qoʻyishga erishilar edi.

Laylo OLIMOVA,
56-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019