25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:40
Jamiyat 👁 406

YIGʻILIShDA YOʻL-TRANSPORT HODISASI MUHOKAMA QILINDI

YIGʻILIShDA YOʻL-TRANSPORT HODISASI MUHOKAMA QILINDI

Yoʻl – tasodiflarga toʻla deymiz-u, baʼzan ushbu tasodiflar sababchilari  aynan jabrlangan odamlarning  oʻzlari ekanligini  oʻylab koʻrmaymiz. Aslida buningdek  baxtsiz hodisalardan aholi xabardorligini oshirish, lozim boʻlgan xulosalarni olishiga erishish juda muhim. Chunki xoh ichki, xoh xalqaro toifadagi yoʻllarda boʻlsin – tezlikni belgilanganidan ancha oshirib haydayotgan, mashina boshqarib borayotirib telefonda gaplashayotgan, yoʻlovchi talashib  biri-birini quvib oʻtishga urinayotgan haydovchilarlar oz emas.

Yaqinda Beshtom mahallasida yoʻl-transport hodisasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman prokurori J.Muftullayev, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovlar hamda mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari  ishtirok etdilar. Yigʻilishda buningdek koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlishining oldini olish uchun keng targʻibot ishlarini olib borish, yoʻllarda xavfsiz harakatlanishga erishish kerakligi xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, maktab oʻquvchilarining  yoʻllarda yoʻl harakati qoidalariga amal qilish yuzasidan doimiy nazorat olib borish lozimligi taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida shu yilning 2-fevralida Buxoro shahrida yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan Mirzo Rahmonov hamshahari Komil Omonovga tegishli boʻlgan  “Spark” rusumli  avtomashinani   ishonchnoma orqali  A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro toifadagi  avtomobil  yoʻlining  727-kilometri,  4 peketida   boshqarib  ketayotganida  boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetiga chiqib ketib agʻdarilib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilganligi keng muhokama qilindi.

Hodisa natijasida endigina 36 yoshni qarshilagan, 3 nafar farzandning otasi, hali hayotdagi orzu-armonlariga yetib ulgurmagan bir navqiron yigit  ushbu hodisa oqibatida hayotdan bevaqt koʻz yumganligi, uning Buxoro shahridagi kafelardan birida  boshqaruvchi boʻlib ishlaganligi, hodisa vaqtida  mashinada boʻlgan onasi – 1954-yilda tugʻilgan Rahima Aminova esa tan jarohatlari olganligi tufayli kasalxonaga  yotqizilganligi boʻyicha maʼlumot berildi. Shu kuni soat 11:50 lar atrofida sodir boʻlgan bu voqeaning asosiy sababchisi boʻlgan haydovchi tezlikni meʼyoridan ortiq oshirishganligi, natijada avtomashina boshqaruvini yoʻqotib qoʻyganligi va halokat sodir boʻlganligi haqida soʻz yuritildi. Shunga koʻra mazkur holat boʻyicha 2020-yil 3-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi  JKning  tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi ham maʼlum qilindi.

Yigʻilishda ishtirok etgan ota-onalar, mahalla faollari mahalla hududidagi yoʻllarga piyodalar yoʻlakchasi qurish, piyodalar magistral yoʻllarni kesib oʻtishlari uchun yoʻl chiziqlari chizish, yoʻl harakatini boshqaruvchi belgilar oʻrnatish yuzasidan  takliflarni oʻrtaga tashladilar. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bu takliflarni inobatga olish va bajarish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriq berdi.

O.Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026