HAP BIP IShDA HAQQONIYLIK VA ShAFFOFLIK TAʼMINLANADI
Mamlakatimizda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari fuqarolarning huquq va erkinliklari, mulk, davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu hujjatlar asosida huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar oʻz vaqtida va obʼektiv koʻrib chiqiladi.
Hozirgi paytda maʼmuriy sud idoralarining xalq bilan yaqinligini taʼminlash, sudlarda koʻriladigan maʼmuriy ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, shaffoflikka rioya etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani fuqarolarning maʼmuriy sud organlariga ishonchini tobora mustahkamlamoqda. Bunda, albatta, fuqarolar oʻrtasida olib borilayotgan huquqiy-targʻibot tadbirlari hamda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Oʻtgan 2019-yil davomida tuman Maʼmuriy sudi tomonidan 75-marta bevosita mahallalar kesimida 1297 nafar fuqarolar ishtirokida huquqiy-targʻibot mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Jamoat tashkilotlari va fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan hamkorlikda 852 marotaba sayyor sud majlislari oʻtkazildi. Ushbu sayyor sud majlislarida koʻrilgan maʼmuriy ishlarning jamiyatga, shaxsning oʻziga zarari nechogʻlik moddiy va maʼnaviy zarar yetkazishi mumkinligi hayotiy misollar orqali xalqqa yetkazildi.
Shunday boʻlsa-da, tumanimizda 2019-yil davomida 1678 nafar shaxsga nisbatan 1465 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ishlar ochilib, sudda koʻrib chiqildi. Shundan 1246 nafar shaxsga nisbatan 1068 ta ish boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllanildi. Yaʼni, 956 ta ish boʻyicha 1246 nafar shaxsga jarima, 113 nafar shaxsga esa maʼlum huquqdan mahrum etish jazosi qoʻllanildi. Achinarli tomoni shundaki, 105 ta ish boʻyicha 106 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Jazo choralarini qoʻllashda MJtKning tegishli moddalari boʻyicha 122 nafar shaxsga nisbatan qoʻshimcha jazo choralari tayinlandi.
Bundan tashqari, tuman Maʼmuriy sudida koʻrilgan jami ishlardan 956 tasi boʻyicha 1133 nafar shaxs jarima jazosiga tortilib, ulardan sud qarori bilan 1 mlrd. 139 mln. 44 ming 777 soʻm mablagʻ davlat foydasiga undirib olindi.
Tuman Maʼmuriy sudiga ommaviy-huquqiy munosabatlar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar ham oʻz vaqtida sudda koʻrib chiqilib, shaffoflik va haqqoniylik taʼminlanishiga erishilmoqda. Xususan, oʻtgan 2019-yil davomida 60 ta ommaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan kelib tushgan murojaatlar atroflicha oʻrganilib, shundan 50 ish qanoatlantirildi. Qolgan 7 ta ish boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatish holati boʻlmaganligi uchun rad etilib, 2 ta ish esa tugatildi. 1 ta ish sudda koʻrilmasdan qoldirildi.
Har bir murojaat, ariza va shikoyat ortida, albatta, inson taqdiri bor. Sudga kelib tushayotgan murojaatlar bilan tanishish jarayonida ishga ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib yondashiladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qilmagan holda ish olib boriladi.
Maqsadimiz – har bir fuqaroning shaxsiy huquq va manfaatlarini taʼminlash, sudlar bilan fuqarolar oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarga barham berish hamda sudda koʻrilayotgan har bir ishda haqqoniylik va shaffoflikka amal qilishdir.
Munavvar KAPIMBOYeVA,
tuman Maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶