ERKAK KOʻZGUSI – AYoL!
Kunlardan bir kuni Amerika Prezidenti Obama va uning ayoli Mishel shahardagi u qadar shinam boʻlmagan restoranlarning birida rejalashtirilmagan kechki ovqatni tashkil qilishga qaror qilishibdi.
Ular endigina stol atrofiga joylashib oʻtirganlarida restoran xoʻjayini Prezident qoʻriqchisidan Obamaning ayoli Mishel bilan shaxsan suhbat qurishga ruxsat soʻrabdi. Kerakli iznni olgach, ular bir muddat yolgʻiz suhbatlashishibdi.
Shundan soʻng Obama Misheldan bu odamning nega u bilan gaplashishni istaganini qiziqib soʻrabdi. Mishelning aytishicha, oʻsha odam uni yoshlik davrlarida judayam qattiq sevgan ekan.
Shunda Obama debdi:
– Qiziq, qara, oʻshanda unga turmushga chiqqan boʻlganingda hozir mana shu ajoyib restoranning bekasi boʻlishing mumkin ekan-da?
– Yoʻq, – debdi Mishel javoban, – Agar men unga turmushga chiqqan boʻlganimda u hozir Prezident boʻlgan boʻlardi!
Bahrom ABBOSOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶