KITOB – QALBGA POKLIK BAĞIŞLOVÇI NUR
Kitob – insonni komillik sari yetaklaşga xizmat qiladi. U insonning maʼnan yuksalişiga va yaşirin isteʼdodining oçilişiga turtki böladi. Kitob öqigan insonning dunyoqaraşli keng, fikrlaş qobiliyati teran va tiniq böladi.
Guruç kurmaksiz bölmaganidek, kitoblar ham bari bir xil maʼnodor, qiziqarli emas. Ular orasida yengil-yelpi uslubda yozilgan kitoblar ham uçraydi. Şunday kitoblar borki, u kitobni öqiganing sari öqib, ham uqib boraverasan, har gal öqiganingda olam-olam maʼno kelib çiqadi. Muhimi, kitob tanlaşda adaşmaslikdir.
Kitobning odamga foydali tomonlari judayam köp. Kitob mutolaasi orqali inson maʼnan boyib, stressdan qutulişi mumkin. Psixologlarning fikriga qaraganda, mutolaa stress holatidan çiqişga 68 foiz yordam beradigan birinçi örindagi yordamçi ekan. Kitob bizga har qanday vaziyatda eng yaxşi döst va hamroh böladi.
Bugungi kunda yoşlarning kitobga bölgan eʼtibori kuçaydi. Buni inobatga olgan holda yurtimizda xalq kutubxonalari oçildi. Qipçoq ŞFYdagi xalq kutubxonasi 2018-yilning sentyabr oyidan öz faoliyatini boşlagan edi. Kutubxona har xil badiiy, tarixiy, kasblarga doir kitob va gazeta-jurnallar bilan boyidi. Bugungi kunda uning aʼzolari 150 nafardan köp.
Kutubxonalarning köpayişi tufayli yoşlar örtasida jinoyatçiliklar, xalq orasidagi qonunbuzarliklar kamayadi. Kitob insonlarni ezgulikka çorlaydi. U qalblarni poklaydi, qalbi pok insonlar esa doim yaxşiliklar qiladi.
Qarşiğa ALIMBOYeVA,
Qipçoq ŞFY.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶