ÖQIŞNI ÖRGANGAN BOLAJONLAR QUVONÇI
2019-2020 öquv yilida 50-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga 42 nafar bola qabul qilindi. 1-sinflarda öquvçilarga harf taniş, husnixatda çiroyli yoziş va öqişni örgatişda boşlanğiç sinf öqituvçilari Sayyora Tojiboyeva hamda Nafisaxon Davlatboyevalar öquv yili uçun belgilangan dasturiy-reja asosida, hamkorlikda iş olib bordilar. Natijada öquvçilar “Alifbe” darsligini puxta özlaştirib oldilar.
Yaqinda maktabda ötkazilgan savodxonlik bayramiga bağişlangan tadbirda maktab direktori Alişer Yeşniyozov özining jajji bolajonlarga tabrigini yölladi va ularning kelajakda ona Vatanga munosib farzandlar bölib voyaga yetişlari uçun ezgu tilaklar tiladi.
Savodxonlik bayramiga ota-onalar qömitasi raisi Qurol Allakov Qorbobo va Qorqizni boşlab kelib, bolajonlarning quvnoq öyinlarini taşkil etdi. “Alifbe” kitobi va husnixat qoidasiga köra, 29 harf tarzida saf tortgan öquvçilar har bir harf iştirokidagi şeʼrlar, maqol va hikmatli iboralarni yoddan aytişib, ota-onalarini xursand qildilar. Yalmoğiz kampir va uning tanbal qizini Yaxşivoy yaxşilik tomon yetaklab, tanbal qizning bilimdon bolalar safidan joy olişiga kömaklaşdi.
Tadbir iştirokçilari bölgan ota-onalar farzandlarini “Alifbe”kitobini töliq özlaştirganliklari bilan tabriklab, öz sovğalarini ulaşdilar. Qorbobo bilan Qorqiz esa bolajonlarni “Öqiş kitobi”ni qabul qilib olganliklari, ilm sirlarini puxta özlaştiriş sari dadil kirişganlari bilan muborakbod etişib, bilimdon, aʼloçi öquvçilarga Yangi yil sovğalarini taqdim etişdi.
Savodxonlik bayrami öqişni örgangan bolajonlarning quvnoq şeʼrlari, aşula va raqslari hamda çeksiz quvonçlari bilan yanada fayzli ötdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶