10.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
10.09.2026, 18:53
Jamiyat 👁 3,789

Oramizdagi odamlar

Oramizdagi odamlar

Muallim

Muallim! Goʻyo zulmat bagʻrini yoritib, qoʻllarida mashʼala tutib yashaguvchi inson! U haqda soʻz aytsak, koʻngillarimiz tozaradi, yayrab ketamiz. Bolalik shoʻxliklarimizni, oʻzimiz bilan birga ulgʻaygan ezgu orzularimizni yurak-yuragidan his etib, tushunib va qoʻllaguvchi mukarram zot. Quvonchlarimizga butun umr oshno eng samimiy, eng mehribon doʻst - Ustoz!

Nigohlari teran, kichik jussali, feʼlida samimiyat bilan qatʼiyat hokim boʻlgan Saʼdulla aka Sobirov haqida oʻylaganimizda tasavvurimizda olis oʻquvchilik yillarimiz jonlanadi. Bolalikning begʻubor kunlaridan birida hayotimizga kirib kelgan bu ajoyib insonni bir sinf toʻla bolalar katta hurmat bilan yaxshi koʻrib qolganmiz.

Saʼdulla aka sinfga kirib kelishlari bilan eng shoʻx bolalar ham intizomli, hatto muloyim boʻlib qolishardi. Ustozning darslarini katta eʼtibor bilan tinglardik. Kimyo-biologiya fanidan yomon oʻqiydigan bolalar ham yaxshi oʻzlashtirishga jon-jahdi bilan intilishardi. Ustoz esa Mendeleyevning davriy sistemasidagi 104 ta elementning har biri haqida moʻʼjizalar olamidan soʻz ochgan kabi jonli misollar keltirardilar. Kimyoviy tajribalar oʻtkazardik birgalikda. Ustozning dars oʻtish uslubidami yoki  ovozidami qandaydir sehr borday edi. Saʼdulla akaning darslari adabiyot, hatto sheʼriyat darajasida oʻquvchini mahliyo qilib qoʻyardi.

Shundanmi, ustoz qaysi jamoada mehnat qilishidan qatʼiy nazar, eng avvalo oʻz oʻquvchilari eʼtiborini qozondilar. 1971-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini tugatgan Saʼdulla aka Sobirov oʻzining 42 yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab oʻquvchilarga kimyo va biologiya fanlaridan chuqur bilim berdilar. Tumanimizdagi 16-sonli, 22-, 1-, 38-sonli oʻrta maktablarda, 8-sonli iqtidorli bolalar litsey-internatida tahsil olgan sobiq oʻquvchilari orasidan oʻnlab el sevgan shifokorlar, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari yetishib chiqdi.

Ishda nihoyatda fidoyi, oʻta kamtar va samimiy boʻlgan Saʼdulla aka oʻzi haqida umuman gapirishni yoqtirmaydilar. Aslida esa butun ongli hayoti yosh avlod taʼlim-tarbiyasi uchun bagʻishlangan ustozning nainki hayot yoʻli, balki har bir soat darsining oʻzi ibrat maktabi. Taʼlim tizimiga kirib kelgan har qanday yangilik hali koʻpchilikka yetib bormasidanoq Saʼdulla aka Sobirovning darslarida oʻz aksini topadi. Koʻrgazmali qurollar, innovatsion texnologiyalar, kimyoviy tajriba maydonchalari, laboratoriya mashgʻulotlari - Saʼdulla Sobirovning dars oʻtishdagi oʻziga xos uslubi boʻlsa, oʻquvchilar uchun bularning barchasi darsni uzviy oʻzlashtirib borishlari uchun ustoz tomonidan yaratilgan imkoniyat.

-Xalqimizda yaxshi bir hikmat bor, - mamnuniyat bilan soʻzlaydi ustoz. -«Ustozdan oʻtmagan shogird shogird emas», - deyishadi. -Hozir oʻzim oʻqitgan sobiq oʻquvchilarim ham koʻplab yoshlarga ustoz.

Darvoqe, Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi nishoni sohibalari Rayhon Qalandarova, Maqsuda Sobirova, shuningdek, Sayyora Yoqubova, Dilnoza Umarova, Komila Yusupova, Nigora Sobirova, Mehribon Abdullayevalar kimyo-biologiya fanlari oʻqituvchilari, Bahodir Doʻsimbetov esa 8-sonli iqtidorli bolalar maktabida direktor oʻrinbosari boʻlib ishlamoqda.

Mehnat qilgan elda aziz, deydilar. Oʻz kamtarin mehnati bilan elda hurmat va eʼtibor topgan Saʼdulla aka Sobirovning fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Ustoz «Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi aʼlochisi» koʻkrak nishoni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.

Oilada mehribon va qattiqqoʻl ota, mahallada nazarkarda inson boʻlgan Saʼdulla Sobirovning farzandlari ham el-u yurt hurmatiga loyiq insonlar boʻlib yetishdilar. Farzandlarining barchasi oliy maʼlumotli. Maqsuda kimyo fani oʻqituvchisi, oʻgʻli Hakimboy el sevgan shifokor, Shahloxon esa xalqaro iqtisodiy aloqalar va diplomatiya institutida, doktoranturada tahsil olmoqda, boʻlgʻusi siyosatshunos. Umr yoʻldoshi Guljon opa Davlatboyeva ham yoshlarning sevimli utozi, nafaqadagi muallima. Boʻsh vaqtlarida moʻʼjazgina tomorqasida yer chopib, mevali daraxtlar ekib, hatto poliz va sabzavotlardan moʻl hosil oladigan ustozning mehr bilan ishlashini koʻrsangiz  shunchaki havaskor dehqon emasligiga tan berasiz. Umr yoʻldoshi Guljon opa boshchiligida kelin-u qizlari tayyorlagan turli xil konserva mahsulotlaridan tatib koʻrsangiz: "bu xonadondagilar buncha pazanda boʻlishmasa”, - deya havasingiz ortadi. Tillaridan shirin kalom, qoʻllaridan aslo kitob tushmaydigan farzandlar, jajji nevaralarning qish oylarida uylariga koʻrk berib gurkirab oʻsib yotgan xona gullarini mehr bilan parvarishlab, zavq olganlari-chi! Oilaning hamisha fayzli, ochiq dasturxonidagi toʻkinlik, qut-baraka – ustoz umrining obodon turmushi hamda goʻzal qalbining chiroyli ifodasi. Buni ustoz oddiygina qilib:

- El qatori yashab yuribmiz-da, - deydilar samimiyat bilan.

Mabodo undan oʻz kasbi haqida soʻragudek boʻlsangiz: -Bu dunyoda yugurib-yelib topgan bor boyligimiz shular, - deydi ustoz sinfni toʻldirib oʻtirgan oʻquvchilariga ishora qilib. -Oʻquvchilarimni bir kun koʻrmasam sogʻinib qolaman.

Kim uchun moddiy neʼmat - boylik, kim uchun esa maʼnaviy – olam boylik! Saʼdulla akaning boyligi ham, hayot mazmuni ham fayzga toʻla oilasi, sevimli oʻquvchilari, maktab va yosh avlod tarbiyasi bilan bogʻliq kasbi. Ustoz ana shulardan huzur-halovat topadi, koʻngli toʻlib yashaydi. Zero

Hayot degan yoʻllarda yurib,

Topgan ishi - tarbiya, taʼlim.

Maqtanmaydi koʻksiga urib,

U shundayin oddiy Muallim!

Robiya YOʻLDOShEVA, 

Allambergan JUMANIYoZOV,

"www.Amu news.uz” muxbirlari.

Suratda: Saʼdulla Sobirov turmush oʻrtogʻi Guljon Davlatboyeva va nevaralari bilan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026