16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:25
Jamiyat 👁 865

PESPUBLIKA IShChI GUPUHI AʼZOLAPI AMUDAPYoLIK YoShLAP BILAN UChPAShDI

PESPUBLIKA IShChI GUPUHI AʼZOLAPI AMUDAPYoLIK YoShLAP BILAN UChPAShDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarning oʻz iqtidor va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Bu borada erishilgan natijalarni tahlil qilish, yoshlarning bugungi faoliyati va qiziqishlari bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal qilish maqsadida Pespublika ishchi guruhi 16-yanvar kuni Amudaryo tumanida boʻldi.

Ishchi guruh oʻz faoliyatini tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi majlislar zalida faol yoshlar bilan uchrashuvdan boshladi. 

Uchrashuvda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmanov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisi Qahramon Sariyev, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, vazirlik va idoralar rahbarlari, tumanning faol yoshlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, yoshlarga eʼtibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, kelajagimiz egalarining maʼnaviy, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bu fikrning isbotidir.

Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi raisi Mahmud Shermetov soʻzga chiqib, tuman yoshlarining erishayotgan yutuqlari haqida toʻxtalib oʻtdi.

Salkam 200 ming nafarga yaqinlashgan tuman aholisining 70 ming nafarga yaqini voyaga yetmagan yoshlardir. Hozirgi kunda tumanda 86 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, ularda 38 ming nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishayapti. Maktablarda va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda yoshlar nafaqat fan, balki sanʼat, sport sirlarini chuqur oʻrganib, kasb-hunar egallamoqda.

Birgina oʻtgan yilning oʻzida Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida 4 ta ovul va mahallada sunʼiy qoplamali futbol maydonchalari, Qilichboy ovulida fitnes klubi, Kuyuk koʻpir ovuli va Qipchoq shaharchasida  “Street work out” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. 4 ta ovulda yangi kutubxona tashkil etilib, ularga homiylar koʻmagida 2 mingdan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar mutasaddilarga savollar hamda oʻzlarini qiynayotgan masalalar bilan murojaat qildi. Jumladan, tumanda iqtidorli bolalar maktabini tashkil qilish, yoshlarning bandligini taʼminlash, yoshlar tadbirkorligini rivojantirish, yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash hamda boshqa dolzarb masalalar boʻyicha murojaatlar shu joyning oʻzida oʻrganilib, ularni hal qilish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek,  9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida kitoblar va yosh rassomlar koʻrgazmalari ham tashkil etildi.

Ishchi guruh Amudaryo tumanidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Gʻ.Yeshniyozov.

 

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026