16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:18
Jamiyat 👁 554

Askar onalari sharaflandi

Askar onalari sharaflandi

Yurt himoyachisi degan sharafli nomga munosib boʻlib, mustaqilligimizni, ona-zaminimizni koʻz-qorachigʻidek asrab-avaylab kelayotgan Vatanimizning mard va jasur oʻgʻlonlari bor ekan, hayotimiz sokin, turmushimiz farovon. Shu bois har yili mamlakatimizda 14-yanvar sanasi sharafli burchini ado etayotgan vatan posbonlarining bayrami sifatida keng miqyosda nishonlanadi. Bayram munosabati bilan yurtimiz boʻylab har xil musobaqalar, bayram tadbirlari tashkil qilinadi.

Aytish joizki, bu bayram nafaqat Vatan himoyasi uchun xizmat qilayotgan yurt oʻgʻlonlarining, balki ularni mard, jasur, haqiqiy yurtparvar qilib voyaga yetkazgan onalarning ham bayramidir. El-yurt tinchligi va osoyishtaligini asrayotgan, gʻayrat-shijoati, sogʻlom tafakkuri bilan yoshlarga oʻrnak boʻlayotgan askar oʻgʻlonlarimizning onalarini har qancha sharaflasak, eʼzozlasak arziydi. Zero, farzandi qalbiga Vatanni asrashdek muqaddas burch tuygʻusini joylagan, uning sogʻlom, barkamol voyaga yetishi uchun butun borligʻini baxshida etgan ayol aziz va moʻʼtabardir.

Yaqinda Amudaryo tumani Madaniyat markazining kontsert zalida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tuman hokimligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa boshqarmasi hamda tuman Mudofaa boʻlimi masʼullari, hokimlik vakillari, tumanimizdagi harbiy safarbarlik qismlari masʼullari va ularda xizmat qilayotgan harbiylar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Bayramga muddatli harbiy xizmatda oʻzining Vatan oldidagi burchini ado etayotgan askarlarning onalari ham taklif etildi.

Tadbirni tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochib berdi hamda barcha Vatan himoyachilarini, ularning onalarini, qolaversa, butun yurtdoshlarimizni Qurolli Kuchlarimiz tashkil qilinganining 28 yilligi bilan tabrikladi. Shuningdek, sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar samarasida Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlashga hissa qoʻshish har bir yigit uchun yuksak shon-sharaf ishiga aylanganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda ayni kunlarda Vatan oldidagi burchini ado qilib, harbiy xizmatni oʻtayotgan mard, jasur askarlarning onalari ham soʻzga chiqib, hammani bayram bilan qutladi. Vatan himoyasi uchun xizmat qilayotgan askarlardan Eldorbek Qodirovning onasi Gavhar Sobirova, Javlonbek Olimovning onasi Gulora Jumaniyozovalar oʻgʻillari muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganligini, askarning ota-onasi sifatida oʻzlariga koʻrsatilayotgan ulkan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun davlatimizdan minnatdor ekanliklarini faxr-u iftixor bilan soʻzladilar.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi xonandalarining ajoyib kuy-qoʻshiqlariga ulandi. Vatanni madh etuvchi, tinchlik-osoyishtalikni tarannum qiluvchi kuy-qoʻshiqlar, dilrabo raqslar bayram ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Vatan himoyasidek sharafli ishni oʻz burchi deb biladigan mard oʻgʻlonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan aziz va moʻʼtabar onalarga tuman hokimi va tadbir tashkilotchilarining tashakkurnomalari, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Chindan ham, Vatan himoyasi har bir yigitning sharafli burchidir. Ona yurtini koʻz qorachigʻidek asrab, himoya qilishga qodir boʻlgan oʻgʻlonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan onalarni esa qanchalik eʼzozlasak ham kam.

Gavhar ChIMBAYChIYeVA, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026