AMUDAPYoNING FIDOYI OʻGʻLONI “HUQUQIY TAPGʻIBOT IShLAPI AʼLOChISI” KOʻKPAK NIShONI BILAN TAQDIPLANDI
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholi ommasiga keng targʻib qilishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlarga koʻkrak nishoni Konstitutsiya qabul qilingan kun arafasida topshirildi. Ular orasida asli qilichboylik, hozirgi kunda Toʻrtkoʻl tumani moliya boʻlimi bosh huquqshunosi boʻlib ishlayotgan, Ichki ishlar vazirligi mehnat faxriysi, isteʼfodagi podpolkovnik, 2-darajali adliya maslahatchisi Bekpoʻlat Avazmetov ham bor.
U 1957-yilda Qilichboy ovulida tugʻilgan. 1965-1975-yillarda oʻrta maktabni tugatgach, ToshDu (hozirgi OʻzMU)ning tarix fakultetini, keyinchalik Qoraqalpoq davlat universitetining yuridika fakultetini tugatgan. 1984-yildan 2008-yilgacha Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Ichki ishlar vazirligida turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, keyinchalik xizmatchilik yuzasidan Toʻrtkoʻl tumanida yashab qolgan.
Hozirgi kunda Toʻrtkoʻl tuman moliya boʻlimida bosh huquqshunos boʻlib ishlayotgan qilichboylik isteʼfodagi podpolkovnik, tumanimizning munosib oʻgʻloni Bekpoʻlat Avazmetovni mehnatlari eʼtirofi – koʻkrak nishoni bilan tabriklaymiz va kelgusida ham yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶