BOLANGIZ UYDA NEÇA SOAT DARS TAYYoRLAYDI?
Buni köpçilik ota-onalar aniq ayta olmaydi. Biroq joriy yil yozida Toşkentda YuNISEF va taʼlim sohasi vakillari Özbekistonda taʼlim sifati masalasida tadqiqot ötkazganlarida, törtinçi sinf öquvçilari orasida faqat 43 foiz bolalargina öqigan narsasini tuşuna olişi maʼlum bölgan. Uy vazifalarini bajariş uçun öquvçilarning köp qismi juda oz vaqt sarflaşi aniqlangan. Bu bolalarning bilimi sayoz bölişiga sabab bölişi mumkinligi aytilgan.
Yoşlikda olingan bilim – toşga öyilgan naqş kabi, degan donolarimiz. Darhaqiqat şunday. Buning uçun boşlanğiç sinflarda bolalarning köngliga yöl topib, bilim olişga havas uyğota oliş, dars maşğulotlarini puxta özlaştirişlariga erişiş juda muhim. Buning uçun maktabdagi 4-5 soat ötilgan darslar kifoya qilmasligi, öquvçi uyida uyga berilgan vazifalarni ham bajarib, bilimlarini boyitib borişga intilmoği juda muhim.
Köpçilik ota-onalar bolani öqitiş, tarbiyalaş maktabning işi, deb hisoblaydi, farzandining uyga vazifasini qanday tayyorlayotganiga va darslik, daftar va boşqa-da öquv qurollariga qanday munosabatda bölayotganiga eʼtibor bermaydi. Nazorat yöqligi esa bolani beparvolikka boşlaydi.
Men 15-yildan beri boşlanğiç sinflarga dars berib kelaman. Ötgan davrlarda tajribamdan şunday xulosaga keldimki, taʼlim-tarbiyada öqituvçilar va ota-onalar mustahkam hamkorlikda iş olib borişmasa, yaxşi natijaga erişiş qiyin. Axir bola bir kunda 4-5 soat maktabda bölsa, qolgan vaqtini oilasida ötkazadi-ku.
Şu boisdan ham ota-onalar iş, oila taşvişlaridan vaqt ajratib, farzandlarining uy vazifalarini qanday bajarganini, maktabda ötilgan maşğulotni qanday özlaştirganini, şuningdek, aqliy-qobiliyatini östiradigan badiiy adabiyotlar olib berib, öqişini nazorat qilib borsa, bular – bolada öziga nisbatan masʼuliyatni oşiradi, bilim olişga intilişini kuçaytiradi.
Boşlanğiç sinflarga dars beriş ança murakkab iş. Çunki hali oila davrasida bemalol bolalik – poşşolik davrida, ota-ona ardoğida yurgan jajji öğil-qizlarni bilim olişga jalb etiş oson keçmaydi. Biroq bu – har bir öquvçining yetuk inson bölib yetişi uçun mustahkam poydevor qöyiladigan davr. Demak, beğubor bolalarning ertaga kim bölib voyaga yetişi avvalo ota-onalar, maktab taʼlimiga boğliq. Zimmamizda qançalik masʼuliyatli vazifa turganligini unutmaylik.
Mahfuza TOVBAYeVA, 76-sonli maktab boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶