ISTEʼDODLI BOLALAP ONA YuPT TAYaNÇI
Davlatimiz tomonidan yoşlarga qaratilayotgan eʼtibordan foydalangan holda, iqtidorini namoyon etayotgan öquvçilar talaygina. Ulardan biri Şahlo Qurolovadir. U 2005-yili 29-noyabrda Amir Temur ovulining Çorboğ aholi punktida dunyoga kelgan 2011-yili hududdagi 62-sonli maktabning 1-sinfiga qabul qilindi. Maktab bösağasiga ilk qadam taşlagan kunlaridanoq özining ziyrakligi, intiluvçanligi bilan öqituvçilarning eʼtiborini qozondi. Boşlanğiç sinflarda öqiyotgan paytidanoq ona tili va adabiyot faniga qiziqişi bilan öquvçilardan ajralib turar edi. “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” respublika ijodiy işlar körik-tanlovida iştirok etganida u 4-sinf öquvçisi edi. Maktab öquvçilari örtasida ötkaziladigan “Bilimlar bellaşuvi” tuman bosqiçida ona tili va adabiyot fanidan tumanda faxrli 2-örinni egallaganida esa 5-sinfda öqirdi. Tuman XTB va “Barkamol avlod” bolalar markazi hamkorligida ötkazilgan “Dillarda Vatan madhi” ijodkor yoşlar tanlovining tuman bosqiçida nazm yönalişi böyiça 3-örinni, 2017-2018-yillarda ötkazilgan “Bilim bellaşuvi”da yana ona tili va adabiyot fanidan tumanda 2-örinni egalladi.
Bundan taşqari, Şahlo yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkilotining ekologiya yönalişi sardori. “Zukko kitobxon” intellektual öyinining hududiy bosqiçida “Eng yoş kitobxon” nominatsiyasi böyiça diplom bilan taqdirlandi. U “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan taşkillaştirilgan “Özbekiston maftunkor diyor” nomli loyiha doirasida yoşlar örtasida ötkazilgan “Özbekiston – yagona oilamiz” mavzusidagi ijodiy işlar tanlovida qatnaşib, II darajali diplom bilan taqdirlandi. Şuningdek u “Özbekiston - umumiy uyimiz” şoiri ostida ötkazilgan “Bağrikeng Özbekiston” festivali tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egalladi.
Uning şeʼrlari “Parvozga şaylangan qaldirğoçlar” töplamida 2018-yili çop etilgan. Şu yili Şahlo “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiy festivalining tuman bosqiçida F guruhi böyiça 2-örin ğolibi böldi. Bundan taşqari, Prezidentimizning 5 ta muhim taşabbusini amalga oşiriş maqsadida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan 10 yoşdan 14 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida ötkazilgan “Mardlar qöriqlaydi Vatanni” mavzusidagi inşolar tanlovida tuman miqyosida 1-örinni qölga kiritdi. Joriy yili ötkazilgan “Kamalak yulduzlari”, “Bolalar ijodiyoti festivalida esa F guruhi böyiça tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
Bilimga çanqoq intiluvçan öquvçi-yoşlarimizning borligi biz öqituvçilarning qalbini quvonçga töldiradi, kasbimizga bölgan mehrni yanada oşiradi. Çunki Şahlo Qurolova kabi yoşlar bir kuni xalqparvar, vatanparvar, jasoratli insonlar bölib şakllanadilar. Ona Yurt tayançiga aylanadilar. Ustoz uçun bundan uluğ baxt yöq.
Gulgina Imaşeva, 62-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶