DUNYo XALQLAPI PAQSLAPI TADBIPIDA MILLATLAPAPO TOTUVLIK VA HAMJIHATLIK TUYĞULAPI TAPANNUM ETILDI
Dunyoda millatlar va elatlar köp. Bu millatlar va elatlarning urf-odat va anʼanalari ham xilma-xil. Lekin dunyo xalqlarini bir-biriga boğlab turguvçi anʼanalar ham borki, ana şu anʼanalar buyuk maʼnaviy köprik vazifasini ötaydi. Bu – madaniy va maʼnaviy hamjihatlik anʼanasidir. Betakror musiqiy ohanglar, jozibador raqslar, xalqlar orzu-intilişlarini aks ettiruvçi folklor qöşiqlari. Çunki sanʼat millat tanlamaydi, öz sehr-u jozibasi bilan dillardan-dillarga, ellardan-ellarga köçadi, ohanrabosi bilan köngillarni rom etadi, heç bir tarjimonsiz qalblarni jipslaştiradi. Şuning uçun ham hind kuyimi yoki şotland va nemis raqsimi – köngillar birday qabul qilaveradi. Bu – millatlararo, hamjihatlikning betakror tantanasi!
Tumanimizda 30-sonli maktabda bölib ötgan “Dunyo xalqlari raqslari” tadbirida millatlararo hamjihatlik, döstlik va birodarlik tuyğulari yanada uluğlandi.
Maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Şarofat Qodirova tomonidan tayyorlangan stsenariy asosida özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi Marina Kumekova hamda musiqa rahbari Bahodir Kamolovlar hamkorligida sahnaştirilgan tadbirda maktab öqituvçilari, 4-8-sinflarning öquvçilari va ularning ota-onalari iştirok etişdi.
Yer yuzida yuzlab millatlar yaşaydi. Bu millatlar qaysi tilda gaplaşişidan qatʼiy nazar, öz sanʼatlari orqali özga millat vakillari bilan bemalol, heç qanday tarjimonsiz tillaşadi, dillaşadilar. Tadbirda 4a-sinf öquvçilari tomonidan ijro etilgan hind xalq raqsi bilan tomoşabinlar quyoşli Hindiston zaminiga sayohat qilganday zavq-şavq oldilar. “Lezginka” raqsi ijro etilgan lahzalarda Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari xuddi sahnada birlaşib, butun dunyoni şod-u xurramlikka, raqsga çorlayotganday manzara namoyon böldi.
Özbek xalq raqsi “Andijon polkasi”, “Ispança raqs”, “Şotland tangosi” ruslarning maşhur “Kalinka” raqslari ijro etilganida hatto tomoşabinlar ham öz mahoratlarini namoyiş etişga harakat qildilar.
Tadbir davomida qozoq, belarus, arab, turk va turkman, qoraqalpoq xalq raqslariga keng örin berildi. har bir millatning raqsi ijro etilganida, öşa millatning milliy liboslari, urf-odat va anʼanalari haqida maʼlumotlar berib borilgani öquvçi-yoşlarning özlari ijro etayotgan raqslar orqali millatlar hamjihatligi, tinçligi va osoyiştaligi naqadar ulkan kuç ekanligi haqidagi tuşunçalari yanada boyidi.
Öquvçi-yoşlar nafaqat dunyo xalqlari raqslarini ijro etdilar, balki xalqlar döstligining beqiyos qudratini ana şu raqslar orqali tarannum qildilar.
Tadbir maktabning 4a- va 8 a-sinflari öquvçilari birgalikda kuylagan “Men, sen, u, ular!” aşulasi bilan yakunlandi.
Döstlik, hamjihatlik, millatlararo totuvlik tuyğulari uluğlangan “Dunyo xalqlari raqslari” tadbiri barçada yorqin taassurotlar qoldirdi.
Şarofat QODIPOVA,
30-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶