KONSTITUTsIYa - JAMIYaTDA ERKINLIK, ADOLAT VA TENGLIK KAFOLATIDIR
Bosh Qomusimiz - Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chogʻda sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, Oʻzbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yoʻldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.
Mamlakatimizda Olib borilayotgan islohotlarga nazar solar ekanmiz koʻzlangan maqsadlarimiz zamirida eng avvalo inson va xalq mafaatlari yotganiga guvoh boʻlamiz. Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar, birorta ham qonun yoki boshqa normative-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Qonun ustuvorligi shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini moneliksiz amalga oshirish, oʻz hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari qonunan kafolatlanganligi tufayli tinch, osoyishta, xotirjam, hech qanday tashqi taʼsirlardan, zoʻravonlik va oʻzboshimchalikdan qoʻrqmay yashash imkoniyatini beradi.
Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Konstitutsiyamizni nafaqat taʼriflaganda, balki qoidalarni moddama-modda roʻyobga chiqarish asosida uni hayotimiz Qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasining Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda: “Bosh Qonunimizni chuqur oʻrganish, anglash, hayotga joriy etish va unga soʻzsiz amal qilish-barchamizning sharafli burchimizdir”.
Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi jamiyatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanishi, inson huquqlari himoyalanishi, mamlakat iqtisodi barqaror oʻsishining mustahkam garovidir.
Shahnoza ISKANDAROVA,
15-sonli maktabning tarix-huquq fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶