12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:05
👁 4,762

BEFARQLIK BADNIYaTLIKKA YeTAKLAYDI

BEFARQLIK BADNIYaTLIKKA YeTAKLAYDI

Maʼlumki, butun dunyo miqyosida axborot olamining kengayib borişi, mustaqil teleradio kanallarining, internet tizimi hamda mustaqil naşrlarning behisob darajada köp­ligi insonlar ongi, fikr va dunyoqaraşining şakllanişida öz taʼsirini ötkazmay qolmaydi. Bilimli, nima yaxşi-yu nima yomonligining farqiga boradigan kişilar uçun kompyuter asrining ijobiy imkoniyatlari ğoyat çeksiz. Lekin hayotimizga oqib kirayotgan mafkura olamining ayrim buzğunçi oqimlari, jihatlari borki, bunday salbiy oqim va jihatlardan ayniqsa ösib kelayotgan yoş avlodni muhofaza etiş har birimizning burçimizdir.

«Yusuf Eşon bobo» jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon hoji Matsafoyev bilan suhbatimiz aynan şu xususda böldi.

 

 -Hurmatli  imom-xatib, özingizga maʼlumki, hozirgi yoşlarimizning köpçilik qismi internet tarmoğidan foydalanişadi. Internet orqali muloqotlar paytida ular hayotimizga suqilib kirayotgan buzğunçi oqim vakillarining daʼvatlariga, ğarazli maqsaddagi takliflariga duç kelişlari, ayrim yoşlarning esa tuşunmagan holda ularga ergaşib ham ketişlari mumkin. Şu sababdan bugungi suhbatimiz jarayonida diniy ekstremizm tarğibotidagi ayrim atamalar haqida tuşunçalar bersangiz. Masalan,   «Hizbut tahrir» degani nimani anglatadi?

-Bismillahir rohmanir ro­hiym!

-«Hizbut tahrir» - al-islomiy siyosiy partiya bölib, u – keskin fikrga, yaʼni ektremizmga boş qurol sifatida suyangan holda yer yuzida islomiy xalifalikni qayta tiklaşga çaqiradi. Vaholanki, islom olami islomiy siyosiy partiyalarga, turli harakat va oqimlarga tölib yotibdi. Ösib kelayotgan yoş avlod agar haq­iqiy islom olami tarixi va bu dinning başariyat maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga neçoğlik ijobiy taʼsirini bilmoqçi bölsa, tafsir kitoblari, fiqhga doir asarlardan yetarli darajada xabardor bölmoqlari kerak.

Endi hizbçilarning maqsadiga kelsak, u - yuqorida aytganimizday, yer yuzida islomiy xalifalikni tuzişdan iborat. Agar «xalifa» sözining mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, hizbçilarning maqsadiga baho beradigan bölsak, bu - mutlaqo asossiz harakatdir.

-«Xalifa» sözining mazmun-mohiyati xususida ham tuşunça berib ötsangiz?

 «Xalifa» - arabça söz bölib, «örinbosar» degan maʼnoni bildiradi. Qurʼoni Karimda Alloh taolo odamzotni «xalifa» deb atagan. Masalan, «Baqara» surasining 30-oyatida: «Eslang (ey, Muhammad), Robbingiz fariştalarga: myen yerda xalifani (insonni) yaratmoqçiman, dedi», - deyilgan. Yana «Anʼom» va «Yunus» suralarida ham: «Ey, inson­lar! Sizlarni yer yuziga xalifa (ega) qilib qöydim», - deyilgan. Demak, inson - yerda Allohning irodasi va rizosiga muvofiq ezgu va xayrli işlarni amalga oşiruvçi maʼjoziy maʼnodagi Allohning örinbosarlaridir.

Şariatda esa diniy hukmlarni yuritişda Rasulullohning örinlarini egallagan kişiga aytilgan. Lekin Qu­rʼoni Karimda Muhammad (s.a.v.)dan keyingi xalifa xususida heç narsa aytilmagan.

-Qurʼon oyatlarida, had­is­larda xalifa va xalifalikka asoslangan davlat bölişi xususida heç narsa deyilmagan bölsa, «Hizbut tahrir»çilar xilofatni qayta tiklaş fikrini zör berib taşviqot qilişlari töğ­rimi?

-Yöq, aslo töğri emas. Hadis­larda Payğambar (s.a.v) dan keyin öttiz yildan söng xalifalik emas, balki podşohlik va amirliklar boşlanib ketişi xususida Rasululloh (s.a.v)ning özlari xabar berganlar. U zotning vafotlaridan keyingi öttiz yil içida islom jamiyatini boşqargan hukmdorlar - Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali va imom Hasanlar Payğambar (s.a.v)ning örinbosarlaridir. Ulardan keyingi hukmdorlar aslo xalifalar emas.

Hizbçilarning xilofatni qayta tiklaş töğrisidagi fikriga kelsak, bu - mutlaqo asossiz urinişdir. Avvalo şuni aytiş joizki, ular bayʼat qiliş, yaʼni maʼlum bir xalifani tan olib, unga töla itoat etiş - musulmonçilikning asosiy şarti deb hisoblaydilar. Bu bilan hizbçilar «bayʼat»ni farz darajasiga kötarmoqçi böladilar. Holbuki, Qurʼoni Karimda musulmonçilikning farz amallari xususida Al­loh tomonidan kör­satma be­rilgan. Demak, «bayʼat» heç qaçon dini islom qonunçiligiga köra farz amal hisoblanmaydi. Qolaversa, butun dunyo mamlakatlarida yaşayotgan, turli millat fuqarolari böl­gan musulmonlar uçun xalifalik davlatiga zarurat yöq. Xalifalik - butun dunyo musulmonlari ustidan hukmronlik qiliş - bugungi asrimizda mutlaqo amalga oşirib bölmaydigan asossiz maqsad.

-Jihod nima? Nima uçun ayrim diniy-ekstremistik oqim tarafdorlari bu haqda köp gapirişadi?

-Jihod - arabça söz bölib, biror maqsad yölida bor kuç-ğayratni sarf qiliş degani. Lekin islom istilohi böyiça jihod - birinçidan, nafs bilan kuraşiş, yaʼni nafsning izmiga yurib, gunoh va jinoiy işlarga qöl urmaslik. Ikkinçidan, jihod - şayton bilan kuraşiş yoki şayton vasvasasiga kirmay, harom va taqiqlangan işlardan saqlaniş. Uçinçidan, jihod - yov bilan jang qilmoqdir. Muhammad (s.a.v) ota-onaning xizmatini qi­lib, roziliklarini oliş ham jihod turlaridan biri ekanligini taʼkidlaganlar.

Payğambarimiz (s.a.v) bir jangdan qaytayotib: «Mana, endi kiçik jihoddan katta jihodga qaytdik», - deganlarida sahoba­lar: «Yana jang qilamizmi?» deb söraydilar. Payğambarimiz esa: «Yöq, sizlar öylagan qurolli jang emas, nafs va şayton bilan jang qilişni nazarda tutdim», - deganlar.

Bundan körinadiki, jihod - faqat qurolli töqnaşuv emas, dinimiz, insoniyat manfaati va axloqimizni yaxşilaş yölidagi xayrli saʼy-harakatlardir. Qurʼon va hadislarda har qanday adolatsiz qurolli jang va qon tökişlar qattiq qoralangan. Har qanday qasam içişdan qaytarilgan. Zaruriy holatlardagina (asosan jinoyatlarni oçişda) qasam içişga ruxsat etilgan. Hozirgi paytda ekstremistik oqimlarga aʼzo bölib kiruvçilarga içirilayotgan qasam ham, ularning jihod - qurolli jangga undaşlari ham mutlaqo noörin, noşaʼriy va asossizdir. Buni yoşlarimiz yaxşi tuşunib oliş­lari joiz.

- "Şahidlik” tuşunçasi nima? Öz­larini portlatib, terrorçilik işlarini amal­ga oşirayotganlar ham şahid hisob­lanişa­dimi?

-Şahidlik - islom dini qonuniyatlariga köra, Allohning rizosi yölida fidoyilik qilgan iymon-eʼtiqodli, nomusli kişilarga hamda Vatan ozodligi va mustaqilligini saqlaşda halok bölganlarga Uluğ Tangri tomonidan beriladigan daraja demakdir. Payğambarimiz (s.a.v) içki kasalliklar xuruji bilan ölgan, joni, nomi, or-nomusini himoya qiliş paytida öldirilgan, turli sabablar tufayli fojeali halokatga uçragan kişilarga ham şahidlik maqomi berilişini başorat qilganlar. Demak, şundan kelib çiqib aytiş joizki, islom dini nuqtai nazarida köpçilik savobli işlar kabi şahidlik ham musulmon kişining ixlos-u eʼtiqodi, amali hamda musibatlarga sabr-toqati evaziga Alloh tomonidan beriladigan mukofotdir.

Ammo hozirgi davrda özlarini portlatiş, terror amaliyotini amalga oşiriş yöli bilan begunoh kişilar hayotiga zomin bölayotganlar - islom dini qonuniyatlariga köra jinoyat sodir etgan badkirdorlardir. Ularning şahidlik daʼvo qilişlariga heç qanday asos yöq. Özini-özi portlatiş – şahidlik emas, balki fosiqlikdir.

-Baʼzan köça-köyda hijobga öranib olgan yoki qop-qora kiyingan ayollarni körib qolamiz. Hijobdegani nima?

-Hijob ham arabiy söz, satr va yopinçiq maʼnolarini beradi. Dini islomda ayollarimizning nomus, şaraf va iffatlarini himoya qiliş maqsadida yot nazarlardan saqlanişlari buyurilgan. Lekin qaysi aʼzolari avrat sanalişi va qan­ça miqdorda oçiq yurişlari xususida hatto mujtahid ulamolar ham yagona bir fikrga kelişmagan. Masalan, Abu Xanifa (Imom Aʼzam) bilan Imom Moliklar ayolning yuzi, ikki qöli, oyoqlarining töpiği osti avrat emas, oçib yurişlari mumkin, desalar, Imom Şofiiy va Ahmad ibn Xanbal ayolning barça aʼzosi avrat deb hisoblaganlar. Şu boisdan, xanbaliylikka eʼtiqod qöygan Saudiya Arabistoni ayollari yuz-u közlarini yaşirib, qora hijobga burkanib yuradilar.

Bizning xanafiy mazhabidagi ayollarimiz esa yuzlari oçiq holda yurişlari joiz, deb fatvo berilgan. Şunday ekan, haj va umra ziyoratlariga borib kelgan ayollarimiz arab ayollariga taqlid qilib, hijobga öranib olişlari nomaqbul işdir.

Hijobga öranib olib Qur­ʼon oyatlari va hadislarni buzib talqin etuvçilar, diniy ekstremistik oqim tarafdorlari uçun hijob şunçaki bir niqob. Yoşlarimiz bunday kimsalardan uzoqroq bölganlari maʼqul. Çunki islom qonunçiligini, ha­qiqiy islom dini hukmlari, farz va qarz amallarini, hatto mansux bölgan (yaʼni, hukmi bekor qilingan) oyatlarni ham yaxşi biladigan insonlar Muqaddas Kaʼba ziyoratiga hattoki ön marta borib kelsalar-da heç qaçon boşqa xalqlarning urf-odat va liboslariga taqlid qilmaydilar. Öz dinlari, iymon-eʼtiqodlari va mazhablarida sobit turadilar.

Istardimki, ilmga intiluvçan, öz dunyoqaraşini, fikrlaş doirasini kengaytirişga çanqoq yoşlarimiz internetdan foydaniş çoğida buzğunçi oqim vakillarining daʼvatlariga, yomon niyatdagi takliflariga eʼtibor berişmasa. Ular kompyuterda işlaş jarayonida nihoyatda xuşyor bölişlari lozim. Salgina befarqlik, öta işonuvçanlik salbiy oqibatlarga sababçi bölişi sözsiz.

Men kelajagimiz bölgan yoşlar yomon niyatli kimsalarning taşviqot va tarğibotlariga uçmay, Vatanimiz ravnaqi yölida astoydil xizmat qiladilar, deb işonaman. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

-Sermazmun suhbatingiz uçun taşakkur, omon böling.

 

www.amunews.uz veb-sayti muxbirlari

Robiya YÖLDOŞEVA va Allambergan JUMANIYoZOVlar suhbatlaşdilar.

(Foto - http://xs.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026