“BAYROGʻIMIZ – FAXRIMIZ”
18-noyabr – mamlakatimiz hayotida oʻziga xos tarixiy kun. Bundan 28-yil muqaddam aynan shu kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq faxrimiz, iftixorimizga aylangan bayrogʻimiz qabul qilingan edi.Oʻtgan davr mobaynida davlatimiz suveretitetining ramzi boʻlmish bayrogʻimiz har bir fuqaroning koʻnglidan chuqur joy egalladi.
Mazkur sanaga oʻquvchilar eʼtiborini qaratish va bayrogʻimiz haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida shu yil 18-noyabr kuni maktabimizda maktab direktorining maʼnaviy - maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Bahrom Xoʻjamurodov, oʻqituvchi Sayyora Rasulovalar bilan hamkorlikda uchta 11-sinflar oʻquvchilari ishtirokida “Bayrogʻimiz – faxrimiz” deb nomlangan maʼnaviy -maʼrifiy tadbir oʻtkazdik.
Kechada dastlab, oʻzim bayrogʻimizda aks etgan ranglar, belgilar haqida, qanday vaqtlarda davlatimiz bayrogʻi yuksak koʻtarilishi haqida maʼruza qildim. Shundan soʻng oʻquvchilar bayrogʻimiz haqidagi faktlar, uni hurmat qilmaganlarga qoʻllaniladigan choralar haqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berishdi. Bayrogʻimizni, tinchlik - osoyishtaligimizni, yurtimizni madh etuvchi sheʼrlar kuy -qoʻshiqlarga ulanib ketdi.
Tadbir barcha yigʻilganlar qalbida davlatimiz bayrogʻiga, hur zamonamizga hurmat hissini yuksaltirdi.
Guliston BEKTEMIROVA,
36 -sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶