16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:35
Fan va taʼlim 👁 600

Ona tilimizning fidoyi targʻibotchisi

Ona tilimizning fidoyi targʻibotchisi

Bugun yurtimizda taʼlim tizimiga berilayotgan katta eʼtibor shu sohada faoliyat koʻrsatayotgan har bir xodimning oʻz kasbiga, faoliyatiga boʻlgan masʼuliyatini oshirib, oʻqituvchilar qalbida faxru iftixori tuygʻularini yuksaltirmoqda.

Ayniqsa bu eʼtibor va ragʻbat pedagog xodimlarni oʻz sohasida chuqur izlanishlar olib borib, yoshlarga berilayotgan taʼlimning sifat va samaradorligini yanada oshirishga undamoqda.

2013-yilda Nukus Davlat pedagogika institutini tamomlab, tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berayotgan Nigora Ismoilova ham mana shu maqsad yoʻlida harakat qilayotgan fidoyi oʻqituvchilarning biridir.

Nigora oliy oʻquv yurtini tugatib, ushbu maktabda ish boshlagan dastlabki davrlarida unga maktabda koʻp yillardan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan Hulkar Qurbonboyeva va Aziza Abdurahmonova singari tajribali hamkasblari ona tilini oʻqitish uslublarini va kasb sirlarini oʻrgatdi.

Oʻz ustida tinmay ishlashi, dars oʻtishning ilgʻor usullaridan foydalanishi, ustoz oʻqituvchilar tajribalariga suyanishi natijasida koʻp oʻtmayoq u faol oʻqituvchilar safidan oʻrin oldi.

Ayni kunda Nigora Ismoilova tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yosh kitobxon” musobaqasi, mushoira va maqol aytishuv tadbirlari oʻquvchilarning ona tili va adabiyot fanlariga boʻlgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

Yosh oʻqituvchining taʼlim berishda bor bilim va mahoratidan, ilgʻor tajribalardan foydalanib ish koʻrishi uning oʻquvchilari erishayotgan muvaffaqiyatlarda koʻzga tashlanmoqda. Maktab oʻquvchisi Diyora Boltaboyeva kabi shogirdlari “Bilimlar bellashuvi”ning tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida qator yutuqlarni qoʻlga kiritgani Nigorani yanada koʻproq mehnat qilishga, oʻquvchilar bilan yanada faol ishlashga ruhlantirmoqda.

Dars oʻtish jarayonida interfaol uslublardan foydalanish Nigora uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib berayapti. Malakali oʻqituvchi oktyabr oyi davomida oʻtkazilayotgan “Ona tili va adabiyot fan oyligi” doirasida koʻplab tadbirlar tashkil qilib, oʻqituvchilarning ona tiliga, adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga harakat qilmoqda.

15-oktyabr kuni maktabning 10-sinfida oʻquvchilarning bilimini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida ochiq dars oʻtkazilib, unda oʻquvchilarning ona tilimizni qanchalik chuqur oʻzlashtirgani, oʻzbek adabiyotidan qanchalik darajada xabardor ekani yana bir bora sinovdan oʻtkazildi.

Ochiq dars paytida oʻquvchilar guruhlarga ajratilib, ularga har xil qiziqarli mavzularda matnlar yozish vazifalari topshirildi. Mashgʻulotlar va musobaqalarda oʻquvchilar faol ishtirok etishib, munosib tarzda ragʻbatlantirildi.

Nigora Ismoilova faqat fan oyligi doirasidagina emas, doimiy ravishda oʻquvchilar oʻrtasida turli qiziqarli tadbirlarni oʻtkazib, yoshlar qalbida ona tilimizga boʻlgan hurmat-eʼtiborni, undan faxrlanish tuygʻularini oshirish yoʻlida izlanib, faol ish olib bormoqda.

Biz oʻz kasbiga ixlos qoʻygan jonkuyar muallima Nigora Ismoilovaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mana shunday fidoyi va jonkuyar oʻqituvchilar bor ekan, ona tilimizning qadru qimmatini his qilib, unga hurmat bilan munosabatda boʻladigan yoshlar safi ortib boraveradi.

A.Jumaniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026