Tuman saylov komissiyasi tomonidan seminar ötkazildi
2019-yil 15-oktyabr kuni Amudaryo tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi tuman saylov komissiyasining seminari ötkazildi.
Seminar maşğulotida Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesiga hamda Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalarning rais va kotiblari, şuningdek tegişli okruglardagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari va kotiblari iştirok etdi.
Seminarda komissiya raisi Möʼminjon Matyusupov şu kunga qadar komissiya tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan iştirokçilarga keng turda axborot berdi.
Şu bilan birga Özbekiston Pespublikasi Saylov kodeksi talablari, Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari vakolatlari va ularning iş faoliyatini taşkil etiş masalasida okrug saylov komissiyalari raislari, kotiblari bilan özaro fikr almaşildi.
Tuman hokimligi taşkiliy nazorat bölimi mutaxassisi Azat Almuratov seminar iştirokçilarga okrug saylov komissiyalarining oldindan turgan vazifalari, ular tomonidan saylov jarayonida amalga oşirilişi kerak bölgan çora-tadbirlar haqida tuşuntiriş berdi.
Bundan taşqari, okrug saylov komissiyalari tomonidan amalda qöllanadigan qarorlar namunalari ham slaydlar orqali körsatib berilib, ularning qanday hollarda va asoslarda qabul qilinişi batafsil tuşuntirib ötildi.
Seminar yakunida iştirokçilarga tuman saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan metodik qöllanmalar tarqatildi.
Möʼminjon Matyusupov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga
saylov ötkazuvçi tuman Saylov komissiyasi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶