MEHRDAN GUL TUTIB...
Vatan içra kiçik Vatan bölgan mahallada xalqimizga xos bölgan özbekona urf-odat, anʼana va udumlar, maʼnaviy qadriyatlar şakllanadi, zamonaga mos ravişda yangiliklar bilan boyib boradi. Şu bois, 2012 yil - «Mustahkam oila yili» Davlat dasturidan özbek oilalariga xos bölgan gözal urf-odat va maʼnaviy qadriyatlarni özida mujassam etib, oila institutining şakllanişi hamda mustahkamligi uçun fidoyilik körsatayotgan oila sohiblarining hayotiy tajribalarini ommalaştirişga, tarğib qilişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Yaqinda biz, Manğit şahrining «Boyovul» mahalla fuqarolar yiğinida bölib, «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi asosida olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdik.
«Boyovul» - Manğit şahrining xududi jihatidan katta va aholi ziç joylaşgan mahallasi xisoblanadi. Mahallada 1295 ta oila bölib, ularda 6354 nafar 7 ta millatga mansub aholi ahil va inoq yaşaşadi. Mahallada turli xil bayram tadbirlari, ayniqsa töy va marosimlar ixçam, tartibli, ortiqça isrofgarçiliklarsiz ötkaziladi. Mahalla oqsoqolining diniy maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Gavhar Mingboyevaning xonadonlarda tez-tez bölib, mahallaning kayvoni onalari, yoş kelin-kuyovlar, baloğat yoşidagi qizlar, çet davlatlarga çiqib işlab qaytgan yoşlar bilan suhbatlar, tadbirlar uyuştirib turganidan mahalla ahli xursand.
Yaqinda mahallada «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi asosida ketma-ket bir neçta tadbirlar ötkazildi «Namunali oila», «Eng yaxşi hunarmandlar oilasi», «Eng yaxşi tadbirkor oila», «Eng yaxşi köça boşçisi», «Eng ozoda, orasta va şinam oila», «Eng yaxşi tomorqa egasi», «Eng yaxşi sanʼatkorlar oilasi» kabi tadbirlarda butun mahalla ahli katta qiziqiş bilan faol iştirok etişdi. Bölib ötgan tanlovlar yakuniga köra Ibodulla Gulmonovlar oilasi «Eng yaxşi sanʼatkorlar oilasi» sifatida eʼtirof etilgan bölsa, Rözmat Rajabov, Rahim Rajabov, Yöldoş Yusupov, Ismoil Saʼdullayev, Yusuf Xöjakovlar «Eng yaxşi köça boşçisi» tanlovining ğoliblari bölişdi.
Öz oilasi iqtisodini kötariş bilan çeklanib qolmay, nonvoyxona, oşxona, kundalik ehtiyoj mollari dökonini oçib, 10 nafar ayolni iş bilan taʼminlagan tadbirkorlar Dilbar Rahmatullayeva va Rahmatulla Xöjayevlar oilasi «Eng yaxşi tadbirkor oila», Bahtiyor Eşimbetov va Gulbahor Sodiqovalar oilasi bilan Bibijon opa va Safarboy aka Abduraimovlarning oilalari mustahkam oila tanlovida ğolib bölişdi.
Jamiyatimizdagi har bir quvonçli hodisa, yangilik eng avvalo oilada tuğiladi. Oila institutining ongli va faol aʼzosi bölgan inson qöli bilan yaraladigan har qanday kaşfiyot-eng avvalo oilaning yutuği. Çunki uning yaratuvçisi bevosita oilada tarbiya topib, ana şu maskanda şaxs sifatida şakllanadi, kamolga yetadi. Insonning yetuk şaxs sifatida şakllanişida oila muhiti muhim ahamiyatga ega.
Bu haqda mahallada ötkazilgan «Eng ozoda va şinam, mustahkam oila» körik-tanlovi ğolibi, katta xonadonning dono sohibi Bahtiyor aka Eşimbetov tölib-toşib sözlaydi:
- Bizning özbek millatida xeç bir xalq yoki millatda uçramaydigan ajoyib bir anʼana bor, - deydi u. - Biz bobo, ena, öğil-qiz, nevara-çevara - hammamiz bir oilada tinç-totuv yaşayveramiz. Qarang, onam oilamizning bir fariştasi. U kişi bir kun uyda bölmasalar, nevara-çevaralari izlab qolişadi.
Haqiqatan ham oilaviy davraning törida Bahtiyor akaning nuroniy onasi, mahalla ahlining suyukli momosi Jumagul momo doimo farzandlariga boş-qoş.
- Momomiz biron yoqqa mehmonga ketsayam izlab, soğinib qolamiz, - deyişadi qöni-qöşnilar.
Oilada hamjihatlik, mehr-oqibat ustun bölgani bois, hamma yoq saranjom. Kelin-u nevaralar öz işini bilib qilişadi. Gulbahor opa tabiat şaydosi. Asli kasbi kutubxonaçi, endilikda tadbirkor bölgan opa qayerga borsalar gul, daraxt köçati kötarib keladilar. Umr böyi sport bilan şuğullanib, bir neça bor sportning milliy kuraş, sambo, dzyu-do turlari böyiça Özbekiston çempioni bölgan Baxtiyor aka tomorqasini yaşnatib qöyib, nevaralari bilan erinmay şuğullanişdan aslo çarçamaydi. Nevaralarining biri badiiy gimnastika bilan şuğullansa, biri aqlni çarxlovçi şaxmat sportiga mehr qöygan.
Xalqimizning: «Ekkaningni örasan» degan ibratli hikmatiga qiyos qiladigan bölsak, bu oilada Jumagul momoning öğil-qizdan, kelindan, nevara-çevaralaridan, Baxtiyor aka bilan Gulbahor opaning farzandlaridan köngli töq. Qöni-qöşnilarining esa dil-u tillari töla olqiş. Oila saodati, oila baxti şu emasmi?!
Mahalladagi Bibijon opa va Safarboy Abduraimovlar oilasida ham öziga xos turmuş tarzi şakllangan.
Umr böyi haydovçilik kasbini ardoqlab nafaqaga çiqqan Safarboy akaning oilasida bölib, hovlisini kuzatgan odam: «bu kişi boğbon emasmikan?» degan xayolga borişi tabiiy. Çamanday oçilib yotgan turfa gullar, yonğoq-u bodom, xurmo-yu olma, anor daraxtlari barq urib ösib yotganini körib, bahri dilingiz oçiladi. Garçi şaharda yaşasalar-da oilaning öziga yaraşa kiçik tomorqa xöjaligida sabzavot ekinlarining barçasidan bor. Bozordan sabzavot sotib olişga umuman hojat yöq.
4 öğil va 1 qizni uyli-joyli qilib özidan tingan Bibijon opaning tilidan şukrona tuşmaydi.
- Katta öğlim bilan kelinim kasblari taqozosiga köra Toşkent şahrida istiqomat qilişadi, - mamnuniyat bilan sözlaydi onaxon. - Kelinlarim mening jon-u jahonim, oltinlarim! 3 nafar kelinim özaro ahillikda 9-yil mana şu xonadonni obod etib yaşaşdi, xuddi tuğişganlarday mehr-oqibatli. Kulib-öynab bir-birlariga qaraşib, oilalarini bölaklaşdi. Hozir ham bir-birlarini bir-ikki kun körişmasa darrov izlab, «Siz-siz»lab borişadi uylariga. Xudoga şukur-yey,deyman.
Şukrona - ahillikdan, totuvlikdan, mehr-oqibatdan ungan tuyğu. Kelinlarini qizim deb suygan ayolning qalbini tölqinlantirgan baxtning elçisi! Kelinlari onajonim deb suyangan mehr-muhabbat timsoli! Nazdimizda özbek oilalarining mustahkam ustuni ham şu-ahloq va odobni, bobomeros, otameros maʼnaviy qadriyatlarni özida, öz feʼlida mujassam etib, yaqinlariga mehrdan gul tutib yaşaşni baxt deb bilgan bağri keng ayollik saltanati! Bunday bağrikenglik barçaga nasib etsin!
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"amunews” veb-sayti muxbirlari.
Siz körib turgan uşbu suratlarda Manğit şahridagi "Boyovul” mahallasining mustahkam oilalari aks ettirilgan.
1. Baxtiyor Eşimbetov va Gulbahor Sodiqovalar oilasi. Bu oila mahallada ötkazilgan "Eng ozoda va şinam, mustahkam oila” körik tanlovi ğolibi bölgan.
2. Safarboy va Bibijon Abduraimovlar oilasi. Bu oila ham uşbu körik tanlovda ğolib deb topilgan.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶