Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining yetmişinçi sessiyasi töğrisida AXBOPOT
2019-yil 27-avgust kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining yetmişinçi sessiyasi bölib ötdi. Navbatdagi lavhamiz şu xususida.
Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, korxona-taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Sessiya kotibligiga 22-Jumurtov saylov okrugidan deputat Bahram Şermanov saylandi.
Sessiyada tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga taalluqli bir qança masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi birinçi masala – Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi “Aholi bandligini taʼminlaş böyiça olib borilayotgan işlar natijadorligi va samaradorligini oşirişda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining şaxsiy masʼuliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi haqida tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Maʼmurjon Temirbayev axborot berdi.
Axborotda taʼkidlanganidek, davlat buyurtmasi parametrlariga köra tumanda 2019-yili 1 ming 286 ta, şundan 1-yarim yillikda 569 ta iş örinlarini taşkil etiş belgilanib, amalda 708 ta iş örni yaratildi. Davlat byurtmasining maqsadli prognozi 124 foizga bajarildi. 2019-yilning ötgan davrida 3 ming 342 nafar norasmiy faoliyat körsatayotgan işçi hodimlar faoliyati legallaştirildi. Axborotda aholi bandligini taʼminlaş böyiça kelgusida amalga oşiriladigan işlar haqida ham töxtalib ötildi.
Sessiyada “Amudaryo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasi nisbatan past bölgan ovul va mahallalarda ötkazilgan örganişlar davomida aniqlangan muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş töğrisida”gi masala yuzasidan Özbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Pajabov axborot berdi.
Şuningdek, Erkin Pajabov Özbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2019-yilning 2-çoragida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyatini örganiş natijalari haqidagi masala yuzasidan ham axborot berdi.
Maʼlumki, Özbekiston Pespublikasi Sudyalar oliy kengaşining 2018-yil 14-sentyabrdagi qarori bilan “Sud raislarining Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi, tegişli viloyat, tuman va şahar xalq deputatlari Kengaşlariga axborot beriş tartibi” tasdiqlangan. Mazkur tartibga muvofiq sessiyada fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, şuningdek korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qiliş faoliyatiga doir tuman fuqarolik işlari böyiça sudi, iqtisodiy sudi va maʼmuriy sudi railarining axborotlari tinglandi.
Sessiyada huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularning profilaktikasi holati töğrisida tuman içki işlar bölimi boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi boşliği Aziz Qurboniyazov hisobot berdi.
Hisobotda ötgan yilning şu davrida barça yunalişlar buyiça 46 ta jinoyat sodir qilingan bölsa, 2019-yilning mos davri holatiga bu körsatkiç 34 tani taşkil qilgani, tumanda jinoyatlar soni 12 taga kamaygani qayd etildi.
Deputatlarga tuman hududida jinoyatçilik va huquqbuzarliklar sodir qilinişining oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masalada Xalq deputatlari tuman Kengaşining nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari masalalari böyiça doimiy komissiyasi faoliyati yuzasidan doimiy komissiya raisi örinbosari Aşirbay Qöşayevning hisoboti tinglandi.
Sessiyada şuningdek “Amudaryo tumani hokimining 2019-yil 10-avgustdagi “2019-yilda tuman mahalliy byudjeti daromadlar qismining oşirib bajarilgan qismi hisobidan Xotira maydonçasi majmuasini quriş işlariga mablağ ajratiş töğrisida”gi qarorini tasdiqlaş masalasi muhokama qilindi.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça faol muhokamalar bölib ötdi va xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶