28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:41
Maqolalar 👁 708

MEHNATDAN KELSA BOYLIK...

MEHNATDAN KELSA BOYLIK...

Qilichboy ovulida obroʻ-eʼtiborli insonlar va fayzli xonadonlar haqida gap ketganida, albatta, odamlar “Olim brigadir” nomi bilan elga tanilgan mehnatkash, jonkuyar, fidoyi inson – Olimboy Rajabov va uning halol mehnatlari evaziga yaralgan bogʻ-rogʻli, fayzli xonadoni haqida soʻzlashadi.

Haqiqatan ham ushbu xonadonga tashrif buyursangiz inson mehnati qanchalar farovonlik va goʻzallik yaratishga qodir ekanligiga, “Mehnatdan kelsa boylik, turmush boʻlar chiroylik”, degan naqlning nechogʻlik toʻgʻri aytilganiga guvoh boʻlasiz.

Olimboy aka ovuldagi 7 yillik maktabni (hozirgi 15-sonli) tugatishi bilanoq biror bir kasb-korga ega boʻlishga harakat qildi. U shu maqsadda 1959-yilda 25-sonli Toʻrtkoʻl bilim yurtida, 1966-69-yillarda Toshkent industrial texnikumida va 1974-1977-yillarda Toshhovuz qishloq xoʻjaligi texnikumida tahsil oldi.

Olimboy aka mehnat faoliyatini sobiq M.Gorkiy nomli davlat xoʻjaligida traktorchi boʻlib ishlashdan boshladi.

Xoʻjalik rahbarlari Olimboy Rajabovdagi qishloq xoʻjaligi texnikalariga boʻlgan qiziqishni hisobga olishib, uni bosh mexanik vazifasiga tayinlashdi. Bu vazifada 3-yil muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgach, u brigada boshligʻi vazifasiga oʻtkazildi.

Olimboy Rajabov bu vazifada salkam oʻttiz yil, nafaqaga chiqquniga qadar faoliyat koʻrsatdi. U bu davr mobaynida haqiqiy qishloq xoʻjaligi xodimiga, aniqrogʻi, haqiqiy paxtakorga aylandi. Shu davrda u nafaqat M.Gorkiy nomli davlat xoʻjaligida, balki, Amudaryo tumanida paxtachilik sohasining yuqori hosil ustasi sifatida tan olindi. Bunday fidokorona mehnatlari uning koʻksini qator davlat mukofotlari bilan bezadi. Dongdor paxtakor sifatida tanilgan Olimboy Rajabov 1987-yilda bir qancha chet mamlakatlarga sayohatlarga yuborildi.

Olimboy aka oʻzining bunday muvaffaqiyatlarida oilasining oʻrni benihoya katta boʻlganligi haqida takror va takror soʻzlaydi. U 1960-yilda Toʻlgʻonoy opa bilan turmush qurib, mustahkam oila qoʻrgʻonini yaratdi.

Olimboy akaning baxtiga umr yoʻldoshi Toʻlgʻonoy opa ham mehnatkash, tinib-tinchimaydigan, oilam deb yelib yuguradigan ayol boʻlib chiqdi. Opa ham fidokorona mehnatlari tufayli sobiq M.Gorkiy nomli davlat xoʻjaligining ilgʻor pillakori Toʻlgʻonoy Mangliyevaga aylandi.

Oilada dunyoga kelgan 8 nafar farzand – Erkinoy, Rohatoy, Malohat kabi biri-biridan chaqqon qizlar, Matnazar, Masharif, Qudrat, Shuhrat va Shavkat kabi zabardast oʻgʻillar ota va onaga qoʻl-qanot boʻlishib, oilada farovon va toʻkis hayot hukmron boʻlishiga oʻzlarining hissalarini qoʻshdilar.

Xalqimizda “Qush uyasida koʻrganini qiladi”, degan hikmatli bir gap bor. Aytmoqchi boʻlganimiz – ushbu oilada dunyoga kelib, tarbiya topgan farzandlar uyli-joyli boʻlganlaridan keyin oʻz oilalarida ham ota-ona uyidagi tartib-intizomga, urf-odatlarga rioya qilishadi.

Hozirgi kunda Olimboy aka va Toʻlgʻonoy opa kichik farzandlari Shuhrat va Shavkat, kelinlari Dilorom va Salomatlar bilan birga yashashadi.

Ichki ishlar boʻlimida 11-yil xizmat qilib, nafaqaga chiqqan farzandi Shuhrat bugungi kunda Olimboy aka maslahatlari asosida xonadon, tomorqa yumushlarini bajarib kelayapti. Ukasi Shavkat ham tadbirkorlik qiladi, ham tomorqa ishlariga qaraydi.

– Hozir bizning oilamiz hisobida 40 sotix yer bor, – deydi Olimboy aka bizni tomorqada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirar ekan. – Mana shu yerning bir qismida bogʻ yaratganmiz. Bogʻimizda bugungi kunda 20 xil mevali daraxtlar hosil berayapti.

Olimboy aka xonadoni bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularning mehnatsevarligini, har birining oila farovonligi, dasturxoni toʻkinligi uchun jon kuydirishlarini koʻrib qoyil qoldik.

Bugungi kunda ushbu xonadonda 15 ta qoramol, 100 ta parranda va 12 quti asalari ham boqilayapti. Bular, albatta, moʻl daromad manbaiga aylanib, har yili 25-30 million soʻm foyda koʻrilishiga omil boʻlayapti.

– Biz muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tomorqadan unumli foydalanishga eʼtiborni kuchaytirish masalasidagi topshiriqlarini chin qalbimizdan qoʻllab-quvvatlaymiz, – deydi Olimboy aka Rajabov. – Tomorqadan unumli foydalansak, hayotimiz farovon, dasturxonimiz toʻkin boʻladi.

25 nafar nevaraning, 3 nafar evaraning bobosi va buvisi boʻlgan Olimboy aka va Toʻlgʻonoy opaga sihat-salomatlik, uzoq umr tilab, xonadonlaridan qut-baraka arimasin, deymiz.

Allambergan JUMANIYoZOV,

“Mening oilam” gazetasi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026