17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 05:28
Jamiyat 👁 540

MUSTAQILLIK BAYPAMI OLDIDAN SAVDO YaPMAPKASI FAOLIYaTI YOʻLGA QOʻYILDI

MUSTAQILLIK BAYPAMI OLDIDAN SAVDO YaPMAPKASI FAOLIYaTI YOʻLGA QOʻYILDI

Mamlakatimiz aholisini kundalik isteʼmoli uchun zarur boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega 27 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha jon boshiga belgilangan meʼyorlardagi mahsulotlar, shuningdek, arzon, sifatli qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashga va narx-navo barqarorligini saqlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tegishli vazirliklar tuman hokimliklari hamkorligida aholi sonidan kelib chiqib, kundalik ehtiyojga zarur oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirilishi parametrlari ishlab chiqilib, bozorlarda sotilishi nazorat qilinayapti, narxlarning barqarorligini saqlash choralari koʻrilayapti. Buning uchun dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlardan unumli foydalanish va mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga eʼtibor kuchaymoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-apreldagi yigʻilish bayonini inobatga olgan holda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini hamda narx-navo barqarorligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaroriga muvofiq ayni kunlarda tumanimizdagi Mangʻit dehqon bozorida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari fermer, dehqon hamda shaxsiy tomorqa yer egalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri, qoʻlma-qoʻl oʻtib, bahosi oʻsishiga yoʻl qoʻyilmasdan sotilishi  ustidan nazorat oʻrnatildi. Bozorda sanitariya, veterinariya qoidalariga rioya etilishi, tozalik, mahsulotlarning sifati, isteʼmolga yaroqliligini oʻrganish doimiy olib borilayapti. Bu borada tuman Davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi va tuman Veterinariya boʻlimi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Shuningdek, tuman davlat Soliq inspektsiyasi bilan birgalikda bozor hududida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, noqonuniy olib sotarlik bilan shugʻullanayotgan shaxslar aniqlanib, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, belgilangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisoblanib undirilmoqda, narxlarning oʻsishiga olib keladigan omillar birma-bir oʻrganilib, bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Ayni kunda xalqimizning Mustaqillik bayramini munosib kutib olishlarini, hamda yangi oʻquv yili oldidan maktab oʻquvchilarini sifatli oʻquv qurollari, maktab formasi bilan taʼminlash maqsadida Mangʻit dehqon bozori oldida savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Shu yil 9-avgustdan oʻz faoliyatini boshlagan yarmarkaning 20 ta savdo oʻrnida 27 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari arzon narxlarda sotilayapti. Bundan tashqari, yangi oʻquv yili oldidan maktab oʻquvchilarini sifatli oʻquv qurollari, maktab formasi bilan taʼminlash maqsadida maktab bozori tashkil etilgan. Bu yerdagi 32 ta savdo oʻrnida oʻquvchi qizlar, oʻgʻil bolalar maktab formasi, oʻquv qurollari savdosi yoʻlga qoʻyilgan.

Savdo yarmarkasi sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida bostirma qilinib, peshtaxta qoʻyildi. Ushbu savdo oʻrinlarida va bozorda narxlarning barqarorligini taʼminlash maqsadida doimiy nazorat olib borayapmiz. Bu bilan yurtdoshlarimizning kundalik hayotidagi zarur boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlari qoplanishiga va aholi orasida bayramona shukuhni oshirishga oʻz hissamizni qoʻshayapmiz.

Zafar SABUROV, Departamentning

tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026