25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:51
Jamiyat 👁 767

QALBIMIZDA FAXP UYGʻOTGAN OChEPK

QALBIMIZDA FAXP UYGʻOTGAN OChEPK

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining 2019-yil 17-iyul sonida eʼlon qilingan “Dunyoni rom etgan Mangʻitlik sartarosh” ocherkini oʻqib, jamoamiz va men juda faxrlandik. Oʻzim va jamoamiz nomidan ocherk muallifi, jurnalist Pobiya Yoʻldoshevaga va gazeta tahririyatiga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.

Chunki  bizning jamoamiz bilan faxrlanishimizga yuz foiz asosimiz bor. Shaxsan men Shomurodovlar oilasi bilan 1961-yildan boshlab tanish va qadrdonmiz. Serfarzand oilada oʻsgan, asli mangʻitlik, ayni paytda xizmat taqozosi bilan Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Sartaroshlar assotsiatsiyasi raisi, mashhur stilist-modeler Farhod Shomurodovni oʻsmirlik davridan yaxshi bilaman va yaqin qarindoshlardaymiz.

Xudo rahmat qilsin Yavqash ota va Shamsina ayalar meni 10 nafar oʻgʻil-qizlari qatorida koʻrar, goʻyo oʻgʻlidek edim. Oilaning katta oʻgʻli Ozod Shomurodov bilan ega yaqin doʻst boʻlganmiz. Doʻstim Ozod bilan sport mashgʻulotlariga, kutubxonalarga va kinolarga birga qatnardik. Farhodjon ham bizga ergashib sport toʻgaraklariga borardi.

Yavqash otaning bir odati bor edi: oʻgʻil-qizlarini yozgi taʼtil paytlarida biron bir hunarmand-ustaga shogirdlikka berardilar. Farhodjonni mangʻitlik nomdor sartarosh Qoʻshjon Eshmurodovga shogirdlikka berganlarida u endigina 14 yoshga kirgan oʻsmir edi.

Yuqoridagi ocherkda shunday satrlar bor: “Farhod Shomurodovning mangʻitlik Qoʻshjon sartaroshning sartaroshlik ustaxonasi – “budka”sidan boshlangan orzu yoʻllari uni dunyoning mashhur anjumanlariga, goʻzallik festivallariga yetakladi...”

Farhodjon koʻz oʻngimizda kamolga yetdi. Bunga qadar oʻz orzulari yoʻlida qanchalik koʻp mehnat qilganiga shaxsan men guvohman. Oʻzini ayamay ishladi, har bir soniyadan unumli foydalandi. Hatto menga, menga oʻxshagan yuzlab, minglab insonlarga oʻz hunarini targʻib qildi, oʻrgatdi, ishlari rivojlanib ketishi uchun koʻmaklashdi.

Farhod Shomurodov har gal Mangʻitga kelganida uchrashib, maslahatlashib turar edik. Men oʻz tadbirkorlik yoʻnalishimda sartaroshxona ochish niyatim borligini aytganimda u juda quvondi va ustaxonamizni sartaroshlik uskunalari bilan taʼminlashni oʻz zimmasiga oldi. Ikkimiz maslahatlashgan holda bu ishni uddaladik. Sartaroshlik sanʼatiga oid kitoblar va video tasmalarni ham taqdim qildi. 2017-yil oxirlarida ish boshladik.

Ustaxonamizga Farhod Shomurodov bilan maslahatlashib, mohir sartarosh – “Usta Qoʻshjon” nomini berdik. Ayni paytda “Mangʻit” MChJga qarashli “Usta Qoʻshjon” sartaroshxonasi ish faoliyatini davom qildirmoqda. Yozda salqin, qishda issiq, barcha sharoitlari mavjud sartaroshxonamizdan mijozlarimiz xursand. Sartaroshxonamizga kelganlar har xil gazeta-jurnallar oʻqib, televizorda yangiliklar bilan tanishib, kutish vaqtini bekor oʻtkazmaydilar. Sartaroshlarimizdan Shuhrat Bozorboyev Oʻzbekiston Sartaroshlar assotsiatsiyasi koʻrgazmasida qatnashib sovrinli 3-oʻrinni olishga sazovor boʻldi.

Davr talabi tobora oʻzgarib bormoqda, biron toʻy-hasham, tadbir boʻlsa, ayol-qizlar goʻzallik saloniga yigitlar esa sartaroshxonaga kelib, oʻzlariga eʼtibor qilib, yasanishadi. Shularni eʼtiborga olib va Farhodjonning maslahati bilan jiyanim Mohiraxon va nevaram Sevaraxonlar goʻzallik salonlarini ochishdi.

Bundan tashqari, nevaralarimdan Asadbek va Asilbeklar sartaroshlik kasbini tanlaganlar, usta-sartaroshlardan ustoz-shogird anʼanasiga koʻra, kasb-hunar oʻrganishmoqda.

Toʻgʻrisini aytsam, bu borada bizni hamisha, har bir masalada Farhodjon qoʻllab-quvvatlaydilar.

Men “Mangʻit” MChJga yaqindan yordam bergan, homiylik qilgan Oʻzbekiston Sartaroshlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi raisi. Xalqaro toifadagi stilist-modeler Farhod Shamurodovga jamiyatimiz va mijozlarimiz nomidan rahmatlar aytaman.

Pobiya Yoʻldoshevaning “Dunyoni rom etgan mangʻitlik sartarosh” ocherki esa insonlar nazarida unchalik  koʻzga tashlanmaydigan oddiy kasb – sartaroshlikni sanʼat darajasiga yetkazish, hatto shu kasb orqasidan shon-shuhrat pillapoyalaridan yuksalish mumkinligini oʻzida aks ettirgani qalbimizda faxr uygʻotdi.

Tursunboy AHMEDOV, tadbirkor,

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan maishiy va savdo xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026