Vatan qalbimizda yaşaydi
Vatan – insonning ilk qadamlari, bolalik xotiralari, ona tili va milliy qadriyatlari bilan uluğ bölgan muqaddas maskandir. Bu söz qalbimizda iftixor, muhabbat va sadoqat tuyğularini uyğotadi. Har qanday inson uçun öz Vatani yagona, benazir va almaştirib bölmas neʼmatdir. Zero, Vatan – bu nafaqat juğrofiy hudud, balki tarix, madaniyat, til va millatning jonidir.
Mening Vatanim – mustaqil Özbekiston. Uning musaffo osmoni, betakror tabiati, mehribon va bağrikeng insonlari, boy tarixi va jahon tamadduniga qöşgan ulkan hissasi yurtning har bir farzandida faxr va ğurur tuyğularini uyğotadi. Samimiy insonlar, ilmu maʼrifatni qadrlaydigan xalq, tinçlik va osoyiştalik hukmron bölgan jamiyat – ana şunday fazilatlar Vatanimizni yanada uluğvor qiladi.
Vatanga muhabbat şunçaki söz bilan emas, balki amaliy işlar bilan namoyon böladi. Öz yönalişida bilim oliş, mehnat qiliş, Vatanning obodligi uçun ezgu işlarga qöl urmoq, uning kelajagiga daxldorlik hissi bilan yaşaş – haqiqiy vatansevar insonning burçidir. Biz yoşlar uçun eng katta vazifa – bu yetuk tarbiya va bilim, maʼnan boy, zamonaviy dunyo qaraşga ega bölgan şaxslar sifatida yetişişdir. Bu esa Vatan taraqqiyoti uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.
Men uçun Vatan – Onamdek aziz va muqaddas. Ona insonni tarbiyalab voyaga yetkazgan bölsa, Vatan esa uning jismoniy va maʼnaviy quvvati, hayotini maʼnoli qiluvçi asosiy manba hisoblanadi. Şu bois, har bir inson Vataniga muhabbat va sadoqat bilan yaşamoği, uni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yanada obod va taraqqiy etgan holda topşiriş uçun astoydil harakat qilişi şart.
Yurt taqdiri – har bir şaxsning taqdiri, uning ertangi hayotining kalitidir. Şu sababli, Vatan oldidagi muqaddas burç – uni himoya qiliş, ilmu maʼrifat bilan qurollaniş, fidoyilik va sadoqat bilan xizmat qilişdir. Biz yoşlar, bu yurtning kelajagi sifatida, öz Vatanimizni yanada gullab-yaşnaşi, dunyo miqyosida tan olinişi uçun bor bilimimiz, mehrimiz va kuç-ğayratimizni ayamasligimiz zarur.
Dildora Urinova, ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶