Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Amudaryo tuman Kengashi oʻquv-sport texnika klubining moddiy-texnika bazasini, oʻqish jarayoni va sifatini yaxshilash boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.




20-iyul kuni mustaqillik bayrami arafasidagi obodonlashtirish ishlari boʻyicha navbatdagi koʻrgazma tumandagi Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida boʻlib oʻtdi. Tuman hokimi S.Yoʻldashev, tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov hamda korxona-tashkilotlar rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etgan koʻrgazmada tashkilot binosidagi yangidan qoʻshimcha qurilgan oʻquv xonalardagi yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, oʻrnatilgan zamonaviy texnik vositalar namoyish etildi.



Mazkur yilda bino va inshootlarni joriy taʼmirlash yuzasidan loyiha smeta xujjatlari tayyorlanib, sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida qoʻshimcha ikkita sinf xonalari qurildi. Jumladan, avtodrom toʻligʻi bilan taʼmirlanadi. Oʻquv xonalari uchun zarur koʻrgazmali qurollar keltirildi va barchasi elektron vositalar bilan jihozlandi. Shuning evaziga darslarda toʻliq zamonaviy elektron texnik vositalar yordamidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Oʻtgan yillar mobaynida “Kobalt”, “Neksiya”, “Spark” va “Damas” rusumli avtomobillar, “Isuzu”, Gaz-52, Gaz-53 yuk avtomobillari xarid qilindi. Bu orqali oʻquv moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, dars va mashgʻulotlar jarayoni yanada takomillashtirildi.



Mustaqilligimizning 28 yilligi oldidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadidagi koʻrgazmali seminarlar tumanimizdagi ovul va mahallalarda, korxona-tashkilotlarda davom etmoqda.





O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶