Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video)
Prezidentimiz tashabbusi bilan aholini namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzon, qulay, shinam uy-joylar bilan taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli hududlarda muhtoj koʻplab oilalar oʻz uylariga ega boʻlishmoqda.



30-iyun kuni Mangʻit shahrining Farovon mahallasida ham 72 ta oila ana shunday uslubda qurilgan uylarga koʻchib oʻtdilar. 2 sotixlik yerga qurilgan, barcha qulayliklarga ega uylarning foydalanishga topshirilish marosimi bayram tusini oldi.
Tantanada tuman hokimligi masʼul xodimlari, korxona, tashkilotlar, qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar vakillari, mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari va faollari ishtirok etdilar.
Yangi, koʻrkam uylarga ega boʻlayotgan xonadonlar egalarini tuman hokimi S.Yoʻldashev qizgʻin tabrikladi.


Tantana ishtirokchilari foydalanishga topshirilayotgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar va quruvchilar mehnatiga yuksak baho berdilar.
Maʼlumot uchun: foydalanishga topshirilgan yangi uy-joylarning 20 tasini “Temir beton”, 10 tasini “PMK-304”, 6 tasini “Guldiyorim”, 4 tasini “Qurilish xizmat”, 6 tasini “Chogʻaraqkoʻl qurilish”, 16 tasini “Mangʻit ideal qurilish”, 4 tasini “Global universal industriya”, 6 tasini “Sanjar – Diyor bilding” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari bunyod etishdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶