“IBRATLI OILA” KOʻRIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQIChI OʻTKAZILDI
Shu yil 17-iyun kuni 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomoshalar zalida “Ibratli oila” koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Qipchoq hududidagi 10 ta ovul va mahallalardan ushbu koʻrik-tanlovning quyi bosqichida gʻolib deb topilgan 10 ta oila ishtirok etishdi.


Koʻrik-tanlov 4 ta shart boʻyicha oʻtkazildi va hakamlar hayʼati ishtirokchilar chiqishlarini odilona baholab bordilar.
Natijalarga koʻra, gʻoliblikni Qipchoq ovulidan Gulmirza Ahmedov Sveta Aytboyevalar oilasi qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, ikkinchi oʻrinni Daryoboʻyi mahallasidan Nurimbat Sobirov va Ziyoda Nurimbetovalar oilasi, Qumyop mahallasidan Tojiboy Qurbonboyev va Robigʻa Gʻoyibnazarovalar oilasi, uchinchi oʻrinni Uyshin mahallasidan Nuriddin Jalolov va Qurbongul Matmurodovalar oilasi egalladilar.
Koʻrik-tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va faxrli oʻrinlarni egallagan oilalarga tashkilotchilarning sovgʻalari topshirildi.
Husnida ABDURAHMONOVA,
“Oila”markazi tuman boʻlimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶