Yangiobod mahallasida 20 ta namunaviy loyihadagi arzon uylar öz egalariga topşirildi (+video)
Mamlakatimizda xalq uçun farovon hayot tarzini yaratiş, turmuş darajasini yuksaltiriş maqsadida namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar bunyod etilmoqda. Qişloq aholisining keng qatlami ana şunday şinam va arzon uy-joylar bilan taʼminlanmoqda.
Namunaviy loyihalar böyiça arzon uylar quriş Dasturiga asosan tumanimizda ham mazkur yilda barça qulayliklarga ega bölgan 212 ta arzon uy-joy qurib bitkazildi.
9-iyun kuni Yangiobod mahallasida bunyod etilgan arzon uylarni foydalanişga topşirişga bağişlangan katta tantana bölib ötdi. Bu yerda “Karimboyev Şahboz” masʼuliyati çeklangan jamiyatining qöli gul quruvçilari tomonidan qurilgan 2 sotixli 20 ta zamonaviy uy-joy egalariga tantanali ravişda topşirildi. Topşiriş marosimida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Pajabov, “Yangiobod” mahallasi raisi Zebo Pajabova hamda pudratçi taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev marosimni oçib berdi va yangi uylarga köçib kelgan xonadon egalarini çin yurakdan samimiy muborakbod etdi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda keng kölamda namunali uy-joylar qurilayotgani, butun respublikamizda bölayotgani singari tumanimizda ham jadal surʼatlarda quriliş va bunyodkorlik işlari ketayotganligini taʼkidladi. Uylar atrofiga mevali va manzarali daraxtlar köçatini köçiriş, eşik oldiga ham turfa gullar ekiş böyiça öz tavsiyalarini berdi.

Xonadon egalari uylar tabiiy gaz, toza içimlik suvi va elektr energiyasi bilan töliq taʼminlanganligini, issiq, sovuq suv muntazam kelib turganligini mamnuniyat bilan aytib, bunday imkoniyatlar, yaratilgan şaroitlar uçun öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.
“Gulzor” mahallasida qurilayotgan 24 xonadonli, köp qavatli arzon uy-joylar ham yaqin vaqt içida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilmoqda. Bunday zamonaviy ixçam uylar qurilişi xalqimizning turmuş madaniyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶