Özbekiston Ekologik partiyasi tuman hududiy partiya taşkilotining taʼsis Konferentsiyasi bölib ötdi
2019-yilning 22-may kuni Amudaryo tumanida Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya taşkiloti taʼsis Konferentsiyasi bölib ötdi. Konferentsiyada ekologiya va soğliqni saqlaş sohasida faoliyat olib borayotgan taşkilotlar, jamoat taşkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, talabalar, OAV va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Dastlab konferentsiyada iştirokçilarga joriy yilning 13-may kuni bölib ötgan Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengaşining yiğilişida qabul qilingan qaror haqida batafsil axborot berildi. Konferentsiyada Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya taşkiloti Kengaşiga va Ijroiya qömitasiga aʼzolar saylandi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan partiyalararo raqobatni taʼminlaş, barça siyosiy subʼektlar uçun teng şaroitlar yaratiş, parlament rolini kuçaytiriş böyiça ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida 2019-yil 8-yanvar kuni Özbekiston Ekologik partiyasi taşkil etildi va 22-yanvar kuni Özbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatiga olindi.
Konferentsiya iştirokçilariga Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi partiya taşkiloti oldida uning tuman (şahar) hududiy partiya taşkilotlarini taşkil etiş böyiça bir qator vazifalar turgani haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, hududiy partiya taşkilotlari faoliyati joylarda partiyaning maqsadlariga erişiş va dasturiy vazifalarining hal etilişini taʼminlaş, quyi partiya taşkilotlarining faoliyatini boşqariş, muvofiqlaştiriş va birlaştirişga qaratiladi.
Konferentsiyada Özbekiston Ekologik partiyasi faoliyati bilan boğliq hujjatlar jumladan, “Özbekiston Ekologik partiyasi aʼzoligiga qabul qiliş, partiya aʼzolarini hisobga oliş va partiya aʼzoligidan çiqariş töğrisida”gi Nizom, “Özbekiston Ekologik partiyasi aʼzolik badallarini tölaş va ularning hisobini olib boriş tartibi”, “Özbekiston Ekologik partiyasining içki nazorat-taftiş xizmati töğrisida”gi Nizom loyihasi, “Özbekiston Ekologik partiyasi iş reglamenti” tayyorlandi va Markaziy Kengaş plenumida tasdiqlanganligi va mazkur hujjatlar kelgusida partiya hamda uning hududiy taşkilotlari faoliyatini tartibga solişga qaratilganligi haqida axborot berildi.
Iştirokçilar tomonidan taʼkidlanganidek, atrof muhit holatiga eʼtiborsiz munosabatda böliş, tabiiy resurslardan meʼyordan ortiq foydalaniş va ekologik talablarni mensimaslik Orol dengizining qurişi, çöllaniş, yer va suv resurslari tanazzuli, ösimlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlaşuvi, biologik xilma-xillikning qisqarişi, köp miqdordagi sanoat, maişiy va boşqa çiqindilarning hosil bölişi kabi qator global va mintaqaviy ekologik muammolar paydo bölişiga olib keldi. Uşbu muammolar iqlim özgarişi sodir bölayotgan şaroitlarda yanada yaqqolroq va kuçliroq namoyon bölmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz uçun ham atrof-muhitni muhofaza qiliş va uni soğlomlaştiriş masalalari yanada dolzarb qilib qöyilmoqda.
Qayd etilganidek, mamlakatda davlat va jamiyat qurilişi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar yölidagi keyingi qadam sifatida töplangan tajribalar asosida yangi siyosiy partiyaning taşkil etilişi bugungi kunning talabi böldi. Albatta, ekologik siyosiy partiyaning asosiy eʼtibori atrof-muhitni muhofaza qiliş mamlakat har bir fuqarosining umumiy işi bölişiga qaratiladi.
Konferentsiyada söz olganlar ekologik partiya oldida katta va masʼuliyatli işlar turganligini alohida qayd etib ötişdi. Mamlakatda barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş, aholi uçun qulay ekologik şaroit yaratiş va noyob tabiatni saqlaşga jamiyatning barça kuçlarini safarbar qiliş, jamiyatda ekologik madaniyat darajasini kötariş, aholida milliy ğurur, Vatanga va tabiatga sodiqlik va muhabbat hissini şakllantiriş va mustahkamlaş uçun qulay şaroit yaratiş, yoşlarni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda böliş ruhida tarbiyalaş işlariga hissa qöşiş, Orol dengizi qurişi natijasida yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etiş, salbiy oqibatlarini yumşatiş kabi vazifalar, şular jumlasidandir.
Konferentsiyada körib çiqilgan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi. Konferentsiyadan söng, Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya taşkiloti Kengaşi yiğilişi ötkazildi va unda Ijroiya qömita aʼzolari saylandi. Şuningdek, Konferentsiyada Jumaboyev Odilbek Qudrat öğli Özbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi Amudaryo tumani hududiy partiya taşkiloti Kengaşi ijroiya qömitasi raisi etib saylandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶