15-may – Xalqaro oila kuni
15-may – Xalqaro oila kuni sifatida butun dunyodagi kabi respublikamizda ham keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan barcha hududlarda turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda.
Tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Xalqaro oila kuniga bagʻishlab “Oila” markazi tuman boʻlimi tomonidan “Mening oilam – mening quyoshim” mavzusidagi tadbir oʻtkazildi. Tadbirda yosh iqtidor egalarining ijodiy ishlari, yaʼni turli suratlardan koʻrgazma tashkil etildi. Shuningdek, yosh musavvirlar oʻrtasida koʻrik-tanlov ham oʻtkazildi. Koʻrik-tanlovda ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini namoyish etgan yoshlarga “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman boʻlimi tomonidan tashakkurnomalar berildi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlanib, namoyish etilgan musiqiy dastur barchaga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Gulshod Yusupova, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman boʻlimi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶