“Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi oʻtkazildi
Yurtimizda boʻlib oʻtayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon - fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovlari yangi tahrirdagi «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunga muvofiq holda oʻtkazilib, saylovlarda fuqarolar oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishmoqda. Mazkur qonunda belgilanganidek, fuqarolar yigʻinlaridagi saylovlar va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tashkillashtirilmoqda.

10-may kuni “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi oʻtkazildi. Mazkur jarayonda saylovda ovoz berish vakolatiga ega boʻlgan 320 nafar fuqarolar vakillaridan 241 nafari ishtirok etdi.
Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda dastlab kun tartibidagi masalalar belgilab olindi. Tartibga koʻra, yigʻin raisi (oqsoqoli) lavozimiga hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda koʻrsatilgan nomzodlar - Baxtiyor Oʻtamurodov va Soatboy Usenovlar haqida axborot berildi. Nomzodlar maʼruzalari tinglanib, vakillarga ovoz berish tartibi tushuntirildi va sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari tarqatildi.
Fuqarolar yigʻini raisini saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi. Vakillar byulletenlarni yashirin ovoz berish kabinasida toʻldirishdi va saylov qutisiga tashlashdi. Ishtirok etgan vakillarning 68 nafari Baxtiyor Oʻtamurodovga, 169 nafari esa Soatboy Usenovga ovoz berishdi. Eng koʻp ovozga ega boʻlgan nomzod - Soatboy Usenov “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylandi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶