Boyovul mahallasida fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtkazildi
Yangi tahrirdagi “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, joriy yilning may oyida yurtimizda fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi boʻlib oʻtadi. Oʻtgan davr mobaynida tumanimizda ham ushbu muhim siyosiy jarayonga qizgʻin tayyorgarlik koʻrildi.
1-may kuni tumanimizda “Boyovul” mahallasidan boshlangan ushbu saylov tuman Madaniyat va aholi dam olish markazi binosida oʻtkazildi. Ishtirokchilar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.






Ishchi guruh tomonidan davlat organlari, korxona-tashkilotlar mutasaddilari va saylovchilar nomidan qatnashayotgan vakillar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, saylovni oʻtkazish tartibi belgilab olindi. Tartibga koʻra, kotib, rayosat aʼzolari va sanoq komissiyasi saylandi. Shuningdek, “Boyovul” mahallasi fuqarolar yigʻini raisligiga qoʻyilgan nomzodlar Hayitgul Allaqova hamda Erkin Husainov haqida batafsil maʼlumot berildi va ularning maʼruzasi tinglandi. Shuningdek, saylovchilarga ovoz berish tartibi keng tushuntirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisidagi” Qonunining 20-moddasida belgilangan meʼyorlarga asoslanib, “Boyovul” mahalla fuqarolar yigʻini raisini saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi va eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod Husainov Erkin Saʼdullayevich rais etib tayinlandi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶